Ron Desantis prezidentlik poygasidan chiqdi va Trampni qo‘llab-quvvatladi
Donald Trampning asosiy raqibi AQSh prezidentlik saylovlarida ishtirok etishdan bosh tortishini ma’lum qildi. Respublikachilar partiyasi praymerizlarida sobiq prezidentning yagona raqibi Nikki Xeyli bo‘lib qolmoqda.

Foto: AP / Damian Dovarganes
Tramp Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lish uchun o‘zining asosiy raqobatchisi deb atagan Florida gubernatori Ron Desantis 21 yanvar, yakshanba kuni AQSh prezidentligi saylovlarida ishtirok etishdan bosh tortishini ma’lum qildi. U Donald Trampni qo‘llab-quvvatlagan.
Desantis: bizda g‘alaba sari aniq yo‘l yo‘q
Desantis o‘z qarorini harakatlari «istalgan natijaga» olib kelmasligi bilan izohladi. «Bizni qo‘llab-quvvatlayotgan odamlardan g‘alaba sari aniq yo‘l bo‘lmasa, o‘z vaqtlarini va resurslarini ajratishlarini so‘ray olmayman. Bugun men saylovoldi kampaniyam to‘xtatilganini e’lon qilaman», - dedi u X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan videomurojaatida. Videoda u Uinston Cherchilldan iqtibos keltirgan: «Muvaffaqiyat yakuniy emas, muvaffaqiyatsizlik halokatli emas: asosiysi - davom etish uchun jasorat».
«Respublikachilar partiyasi bo‘yicha praymeriz qatnashchilarining aksariyati Donald Trampga yana bir imkoniyat berishni xohlayotgani aniq. U bilan kelishmovchiliklarim bo‘lgan bo‘lsa-da, Tramp amaldagi prezident Jo Baydendan ustunroq. Men respublikachi nomzodni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdim va buni qilaman. Trampni qo‘llab-quvvatlayman, chunki biz o‘tgan yillardagi respublikachilarning sobiq gvardiyasi yoki Nikki Xeyli vakili bo‘lgan qizg‘in korporatizmning qayta qadoqlangan shakliga qaytolmaymiz», dedi u.
Bloomberg: Desantis homiylarining maqsadi - 2028 yil
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, 45 yoshli Desantisning saylovoldi kampaniyasi ba’zi donorlari uning siyosiy kapitalini saqlab qolishni va 2028 yilda, Tramp saylov byulletenida bo‘lmagan paytda yana prezidentlikka nomzodini qo‘yishini istayapti.
Respublikachilar partiyasining praymerizlarida hozir ikki nomzod – 45-prezident Donald Tramp va AQShning BMTdagi sobiq elchisi hamda Janubiy Karolina sobiq gubernatori Nikki Xeyli ishtirok etmoqda. Ayova shtatida 15 yanvar kuni boshlangan Respublikachilar partiyasining dastlabki saylovlarida Tramp - 20 ta, Desantis - 8 ta va Xeyli 7 ta ovoz oldi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari 24 may kuni o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 15:31
-
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
Jahon | 15:18
-
OAV: Hamasning navbatdagi qo‘mondoni Muhammad Sinvar ham o‘ldirildi
Jahon | 15:06
-
Ichki ishlarning ikki xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi
O‘zbekiston | 13:37
Mavzuga oid

21:30 / 17.05.2025
Tramp urushni to‘xtatish haqida Putin bilan telefon orqali gaplashishini aytdi

11:04 / 17.05.2025
Sud Trampning migrantlarni chiqarib yuborish rejasini rad etdi

20:00 / 16.05.2025
Tramp savdo bitimlarini tuzishga ulgurmagan davlatlar uchun yangi tariflarni e’lon qildi

19:29 / 16.05.2025