27 yanvar kuni Toşkent şahri Şayxontohur tumanida ikkita avtomobil iştirokida YTH sodir böldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Soat 21:00 da tumanning Kökça darvoza köçasi «Mumtoz» tuyxonasi qarşisida 29 yoşli haydovçi boşqaruvidagi KIA avtomaşinasi Malibu-2 bilan töqnaşgan.
Hodisa oqibatida ikkinçi avtomobil haydovçisi jarohat olib, şifoxonaga yotqizilgan. Uning şaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

Holat böyiça şahar YHXB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

26 yanvar kuni ham Çilonzor buyum bozori qarşisida Spark va Malibu avtomobillari töqnaşib, Spark haydovçisi voqea joyida vafot etgan, bir yölovçi şifoxonaga yotqizilgandi.

















