Muhokamaga qöyilgan 2024 yil uçun möljallangan davlat dasturi loyihasida aholi orasida soğlom turmuş tarzini yoyiş maqsadida “Soğlom ovqatlaniş strategiyasi”ni tasdiqlaş közda tutilgan. Bunda quyidagilar belgilangan:
– supermarketlarda soğlom turmuş tarzi mahsulotlari uçun maxsus “soğlom ovqatlaniş” javonlarini taşkil etiş;
– tarkibida transyoğlar, şakar va tuz miqdori yuqori bölgan mahsulotlarni TVda (asosan bolalar uçun telekanallarda) va köçalardagi reklamasini çeklaş;
– oziq-ovqat işlab çiqaruvçilar mahsulot qadoğida transyoğ, şakar va tuz miqdorini körsatiş;
– aholiga öz soğligi va ovqatlanişini nazorat qiliş va töğri ovqatlaniş böyiça mobil ilova yaratiş;
– har bir xavf guruhi va kasallik turlari uçun parhez ovqatlaniş böyiça tavsiyalarni işlab çiqiş;
– yoşi, tana tuzilişi, turmuş tarzi va kasalliklarga moyilligidan kelib çiqib, kattalar va keksalar uçun töğri ovqatlaniş, soğlomlaştiriş maşqlari va gigiyena qoidalari töplamini yaratiş.

















