Özbekiston prezidentining farmoni bilan Qönğirotboy Avezimbetoviç Şaripov Özbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Prezident matbuot xizmati xabariga köra, Q. Şaripov nomzodi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan.
Kongratboy Şaripov 2009-2010 va 2017-2019 yillarda Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti rektori sifatida, 2010-2017 yillarda şu universitetda moliyaviy va iqtisodiy işlar böyiça birinçi prorektor bölgan, 2019 yilning mayidan Oliy va örta maxsus ta’lim vazirining birinçi örinbosari sifatida işlagan.
2019 yil noyabrida esa Toşkent davlat iqtisodiyot universitetiga rektor etib tayinlangandi.
- Eslatib ötamiz, 2022 yil dekabrida Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi va Innovatsion rivojlantiriş vazirligi qöşib yuborilgan va 2023 yil yanvarida yangi vazirlikka Ibrohim Abdurahmonov rahbar etib tayinlangandi.
- Ammo Abdurahmonov 2023 yil oktyabrida qişloq xöjaligi vazirligi rahbarligiga ötkazildi va şundan keyin oliy ta’lim vazirligi rahbarligi böş qolayotgandi.

















