Jinoyat işlari böyiça Oqqörğon tumani sudi raisi Sanjar Isaqulovga jarima intizomiy çorasi qöllandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengaşi ma’lum qildi.
Toşkent viloyat sudlari sudyalari malaka hay’ati tomonidan ötkazilgan xizmat tekşiruvida R.B. va boşqalarga nisbatan çiqarilgan sud hukmi yozilişida jiddiy e’tiborsizliklarga yöl qöyilgani, xususan, beparvolik oqibatida hukmning loyiha varinati “E-XSUD” elektron bazasiga kiritilgani tasdiğini topgan.
Qayd etilişiça, xizmat tekşiruvi yakunlari Toşkent viloyati sudlari sudyalari malaka hay’atida muhokama qilingan hamda jinoyat işlari böyiça Oqqörğon tuman sudi raisiga nisbatan maoşining 20 foizi miqdorida “jarima” intizomiy jazo çorasi qöllangan.
Kun.uz oldinroq jinoyat işlari böyiça Oqqörğon tuman sudi raisi Sanjar Isaqulovning hukmida son-sanoqsiz orfografik va grammatik xatolar, mazmun jihatdan telba-teskari jumlalar işlatilib, odam taqdiriga daxldor hujjatga qöl uçida munosabat qilinayotgani haqida maqola e’lon qilgan edi. Maqolada S.Isaqulov raisligida körilgan işlardan biri – ikki erkakning “jin çiqariş” paytida 42 yoşli ayolni öldirib qöyişi bilan boğliq jinoyat işi hukmidan misollar keltirilgandi. Kun.uz maqolasidan söng Toşkent viloyati sudlari sudyalari malaka hay’ati raisining 2024 yil 24 yanvardagi farmoyişiga muvofiq Sanjar Isaqulovning hukmidagi xato va noaniqlik holatlari böyiça xizmat tekşiruvi ötkaziş belgilangandi.

















