Rossiya kompaniyalari «arzon işçi kuçi» manbai bölgan mamlakatlar – Hindiston, Pokiston va Şimoliy Koreyadan mehnat migrantlarini yollaş uçun rekruting agentliklariga tez-tez murojaat qilişni boşladi, deb yozdi «Kommersant» kamida beşta agentlik vakillariga tayanib.
Ventra Industrial rekruting kompaniyasi rahbari Olga Tonkix sözlariga köra, kimyo sanoati va agrosanoat majmuasi kompaniyalari şunday malakasiz işçilarni izlamoqda. Support Partners konsalting kompaniyasi asosçisi Konstantin Borisovning qöşimça qilişiça, konçilik kompaniyalari ham çet ellik «arzon» işçilarni qidirmoqda.
«Ankor» holdingi vitse-prezidenti Aleksey Mironovning ta’kidlaşiça, «kadrlar yetişmasligidan kelib çiqqan holda, köplab kompaniyalar rus tilini bilmaydigan mehnat migrantlari bilan işlaşga tayyor».
Logistika böyiça autsorsing bilan şuğullanuvçi Welldone rahbari 500 nafarga yaqin Hindiston fuqarosini olib keliş uçun pudratçi qidirayotganini aytgan. Uning sözlariga köra, bunday işçilar ruslar bilan bir xil «maoş oladi», ammo uzoq muddatli istiqbolda bu «baribir foydali».
«Kommersant» suhbatlaşgan işga yollovçi agentliklar vakillarining qayd etişiça, kompaniyalar mehnat migrantlari uçun hujjatlarni tayyorlaşda qiyinçiliklarga duç kelmoqda. Rossiya kompaniyalari egalaridan biri, agar qiyinçiliklar bartaraf etilmasa, iş beruvçilar xodimlarni noqonuniy ravişda olib kirişni boşlaşini taxmin qilgan. «Bizga har yili Bangladeşdan Qozoğistonga bir neça ming kişini hujjatsiz, konteynerda olib keladigan kompaniyalar allaqaçon murojaat qilib, öz xizmatlarini taklif qilmoqda», dedi u.
2023 yil may oyida «Vedomosti» naşri Rossiya FXX ma’lumotlariga tayanib, dastlabki uç oyda mehnat migrantlari oqimi ötgan yilning şu davriga nisbatan 1,6 barobarga (1,3 million kişigaça) oşganini yozgan edi. Rossiyaga asosan Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston fuqarolari kirib kelgan.

















