Janubiy Koreyaning yetakçi universiteti Sirdaryoda öz filialini oçadigan böldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, Özbekistonda bölib turgan Janubiy Koreyaning Sonmun universiteti prezidenti Son Jye Mun boşçiligidagi delegatsiya Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev bilan muzokaralar ötkazgan.
Muloqot davomida 2023 yil dekabr oyida viloyat vakillarining mazkur nufuzli universitetga taşrifi hamda erişilgan dastlabki kelişuvlarning amaliy jihatlari muhokama qilingan. Şuningdek, Son Jye Mun Sirdaryoda universitet filialini taşkil etiş taklifini bildirgan.

Ta’lim muassasasi filialida dastlab IT va sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan beşta dolzarb yönalişda öqitiş yölga qöyiladi. Filialni sanoat tarmoqlariga tayyor mutaxassislarni tayyorlovçi ta’lim klasteriga aylantiriş közda tutilgan. Buning uçun ta’lim jarayonlari işlab çiqariş bilan töliq integratsiya qilinadi.
Muzokaralar yakunlari böyiça Hamkorlik memorandumi imzolangan.
Oldinroq Çirçiqda Janubiy Qozoğiston universitetining filiali taşkil etilişi xabar qilingandi.

















