Ukrainada uruşning 711-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina telemarafoni efirida Abrams tanki namoyiş etildi — Donetsk yaqinidagi Avdiyivkadagi vaziyat haqidagi syujyetda. Bungaça uşbu texnikadan frontda foydalanilayotgani fakti yöq edi. Ukraina QK AQŞdan 2023 yil oktyabrida Abrams rusumli 31 ta tank olgandi.
  • Volodimir Zelenskiy Zaporijjya oblastida Ukraina qurolli kuçlari qarşi hujumi doirasida 2023 yil avgustida ozod etilgan Rabotine qişloğiga keldi. U mintaqadagi xavfsizlik masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazgan, şuningdek Ukraina QK komandirlari bilan muhim infratuzilmalar va mudofaa-sanoat komplekslari obektlari himoyasi masalasini muhokama qilgan.
  • Uşbu taşrif ortidan Zaporijjya oblasti harbiy ma’muriyati rahbari özgargan, bu lavozimda 2023 yil fevralidan buyon işlab kelgan Yuriy Malaşko örniga Rossiya qöşini tomonidan işğol etilgan Melitopol şahrining sobiq meri Ivan Fedorov tayinlangan.
  • Lisiçanskdagi novvoyxonaga 3 fevral kuni yöllangan zarba oqibatida 29 kişi halok bölgan. Qurbonlar orasida — Kreml tomonidan LXR favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlangan Aleksey Poteleşçenko ham bor.
  • RIA Novosti xabariga köra, Davlat dumasining sobiq deputati Ilya Ponomaryovga qarşi bir neça jinoiy iş oçilgan — jumladan davlatga xiyonat va terrorga çorlov böyiça ham.
  • The Wall Street Journal xabariga köra, Rossiyada 2023 yilda sanksiyalar fonida aviahodisalar soni ikki barobar oşgan — 36 martadan 74 martaga.

Vayron bölgan Izyum

Rossiya qöşini Xarkiv oblastining Izyum şahrini 2022 yil 1 aprelida egallab olgandi — ular şahardan Donbassga şimoldan yuriş qilişda asosiy platsdarm sifatida foydalanişni rejalaştirgandi. Öşa yilning sentabr oyi boşida esa Ukraina qurolli kuçlari Xarkiv oblastida amalga oşirilgan keng kölamli qarşi hujum doirasida Izyumni ozod etişadi.

Keng kölamli uruş boşidan buyon Izyumda beş mingdan ortiq xususiy uylar va 120 ta köp kvartirali uylar qisman şikastlangan yoki töliq vayron bölgan. Rossiya bosqiniga qadar 45 ming kişi yaşagan Izyumda hozirda taxminan 27 ming kişi qolgan (şundan qariyb 3 ming nafari — 18 yoşgaça bölgan bolalar).

 

Moktar Hamdi / Sipa / Scanpix / LETA