Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, bu haqda 2023 yil 22 dekabr kuni Xalq deputatlari viloyat kengaşining qarori qabul qilingan. 

Qaror bilan Termiz şahrida yirik hajmli va oğir vaznli (yuk kötariş qobiliyati 8 tonnadan yuqori bölgan) transport vositalarining harakati çeklangan. 

“Bunda, harakatlaniş alohida hollarda Termiz şahar hokimligi, “Surxondaryoavtoyöl” hududiy yöllardan foydalaniş taşkiloti va viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi bilan özaro tasdiqlangan kelişuv (sxema) orqali amalga oşirilişi belgilandi”, deyiladi xabarda. 

Ma’lumot uçun, Termiz şahri yuk kötariş hajmi 8 tonnadan oşadigan maşinalar harakatlanişi töliq çeklangan birinçi şahar böldi. Özbekistondagi boşqa yirik şaharlarda faqat ayrim köçalardagina yuk kötariş hajmi 8 tonnadan oşadigan maşinalar harakati çeklangan xolos.