Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning Ohangaron şahri hokimi Akrom Eşonqulovni lavozimdan ozod etiş haqidagi qarori qabul qilindi. Qarorga köra, tuman hokimi öz arizasiga binoan işdan olingan.

Uning xayrlaşuv sözlari şahar hokimligi tomonidan taqdim etildi. Hokim mazkur faoliyatidagi har bir daqiqasi uning hayotida öçmas iz qoldirganini ta’kidlab, bunday imkoniyat uçun prezidentdan minnatdor ekanini bildirgan.

«Ohangaron şahri mening ona şahrimdek yuragimdan joy oldi. Şahar ravnaqi yölida nimaga erişgan bölsam, barçasida Sizlarning mehnatingiz beqiyos. Iş jarayonlarida birontangizni ranjitgan bölsam, barçalaringizdan uzr sörayman. Xayr Ohangaron şahrim. Xayr jonajon şahrim», deya yakunlangan post.

Uning işdan ketiş sababi ma’lum qilinmagan.

Akrom Eşonqulov 1976 yilda Toşkent viloyatining Quyi Çirçiq tumanida tuğilgan.

Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi va Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti (magistratura) bitiruvçisi. Mutaxassisligi — iqtisodçi.

Ohangaronga hokim etib tayinlanguniga qadar Vazirlar Mahkamasining Toşkent viloyati Olmaliq şahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalari böyiça, Respublika böysunuvçi şaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş boşqarmasi boş mutaxassisi vazifasini bajaruvçi lavozimida işlab kelgan.

Ötgan yillar davomida Toşkent viloyati hokimligi axborot-tahliliy guruhi rahbari, Ohangaron şahri hokimining birinçi örinbosari, Ohangaron şahri hokimi vazifasini bajaruvçi lavozimlarida işlagan.

2020 yilning 4 iyun kuni Odiljon Jörayev örniga Ohangaron şahri hokimi etib tayinlangandi.

  • Oldinroq Toşkent viloyatining Çinoz tumaniga yangi hokim tayinlangandi.