Afğoniston hukumati qöşni davlatlar – Özbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Erondan elektr energiyasi importi böyiça qarzlarni töliq töladi. Bu haqda mahalliy energetika kompaniyasi vakili Hikmatulloh Mayvandiy ma’lumot berdi. 

Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) kompaniyasi xodimining aniqlik kiritişiça, qarz ikki yildan beri töplanib qolgan edi. 

Kobul barça hamkor davlatlarga jami 627 million dollar tölagan. 

Mayvandiy sözlariga köra, elektr energiyasi uçun qarzning bir qismi Aşraf Ğaniy boşçiligidagi avvalgi hukumatdan qolgan. 

Ma’lumotlarga köra, 2023 yilda Özbekiston Afğonistonga 91 million dollarga 1,82 milliard kVt•soat elektr energiya eksport qilgan. 

2024 yil yanvar oyida Özbekiston öz hamkorlariga qariyb 16 million dollarga 320 million kVt•soat elektr energiyasi yetkazgan. 1 fevral holatiga köra Kobulning qarzi 1,24 million dollarni taşkil qilgan.