Biden-Harris administratsiyasi amerikaliklar hayotini yaxşilaş uçun kuçliroq havo standartlari joriy etilişini e’lon qildi. Amerikada PM2,5ning yillik konsentratsiyasi 2012 yildan beri 12 mkg/m3 edi. Endilikda bu 9 mkg/m3 ga pasaytirildi.

Ma’lum qilinişiça, kuçaytirilgan standartlar 2032 yilgaça 4500 gaça erta ölim, 290 000 yöqotilgan iş kunini saqlab qoladi va soğlik uçun 46 milliard sof foyda keltiradi. Havo standartini kuçaytiriş uçun sarflanayotgan 1 dollar 2032 yilda inson salomatligi uçun 77 dollargaça foyda olib kelişi mumkin.

Bu strategiya amerikaliklarning soğlom hayot keçirişini samaraliroq qilişi, şu bilan birga Amerikada işlab çiqarişning tiklanişiga xizmat qilişi ma’lum qilingan. 2000 yildan beri havodagi PM2,5 konsentratsiyasi 42 foizga kamaygani bilan bir qatorda, xuddi şu vaqt içida AQŞ yalpi içki mahsuloti 52 foizga oşgan.

AQŞ Milliy tibbiyot assotsiatsiyasining 118-prezidenti Doktor Doris Braunga köra, havo standartlari uçun qöyilgan yangi tartib toza havo odamlar hayoti saqlab qolişini körsatuvçi ilmiy dalillarga asoslangan. PM2,5 zarraçalari yurak, öpka kasalliklariga çalinganlar, astma bilan kasallangan bolalar, keksalar hayotini yaxşilaşga yordam beradi.

Agentlik yangi standartlarni joriy qilişdan oldin keng jamoatçilik fikrini örgangani, jumladan virtual sörovnomalarda 700 mingdan ortiq izohlarga tayanganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uçun, havo tarkibidagi PM bu yagona zarraça emas, balki bir neça kimyoviy moddalarning qöşiluvidan yuzaga keladi. Uning me’yordan oşişi (Jahon soğliqni saqlaş taşkilotiga köra, kunlik me’yor – 5 mkg/m3) yurak-qon tomir kasalliklari, astma va saratongaça sabab bölişi mumkin.

Eslatib ötamiz, Toşkent şahri havosi tarkibida 2023 yilning oxiri va 2024 yilning boşidan beri PM2,5 zaharli dispers zarraçalari önlab barobar surunkali