Nodavlat OTMga litsenziya qayerdan beriladi?
Nodavlat OTMni litsenziyalaş 2023 yil yanvarigaça Ta’lim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan amalga oşirilgan. Lekin 2022 yil dekabr oyidagi ma’muriy özgarişlar sabab bu inspeksiya tugatilib, uning vazifalari ikkita vazirlikka ötkazildi. Xususiy boğçalar va maktablarga Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi, xususiy professional ta’lim muassasalari va oliy öquv yurtlariga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi litsenziya beradigan böldi.
Lisenziyalaş hukumat qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalaş tartibi töğrisida”gi yagona nizom asosida amalga oşiriladi.
Bundan taşqari, “Ta’lim töğrisida”gi qonunning 8-moddasida ham nodavlat ta’lim taşkilotlari faoliyatini litsenziyalaş şartlari körsatilgan.
Ma’lumot uçun, 2023 yil iyul holatiga köra, Özbekistonda 210 ta OTM mavjud bölib, ularning 115 tasi davlat, 65 tasi nodavlat va 30 tasi xorijiy xususiy OTM (yoki ularning filiallari) hisoblanadi.
Lisenziyalaş böyiça yangi tartib bormi?
2023 yilning avgust oyida xususiy universitet oçmoqçi bölgan tadbirkorlarga vazirlik litsenziya berişni orqaga surayotgani masalasi kötarilgan edi. Huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev litsenziya berişni töxtatiş ortidan bu sohaga investitsiya kiritgan tadbirkorlar muşkul ahvolda qolganini yozgandi.
Huquqşunosga köra, nodavlat oliy ta’limga litsenziya beriş kimningdir oğzaki topşiriği yoki jamoatçilikka e’lon qilinmagan yaşirin hujjat bilan töxtatib qöyilgan, bunga sabab sifatida litsenziya berişning yangi tartibi işlab çiqilayotgani körsatilgan.












