Zomin tumanida qutqaruvçilar toğda adaşib qolgan uç fuqaroga amaliy yordam körsatişdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 13 fevral kuni soat 18:48da Jizzax viloyati FVBga Zomin tumaniga dam oliş uçun borgan Toşkent şahrida yaşovçi uç fuqaro toqqa aylangani çiqib, qolib ketganligi haqida xabar kelib tuşgan.
Xabarga asosan zudlik bilan viloyat FVB qutqaruvçilari qidiruv-qutqaruv işlarini boşlagan. Ma’lum bölişiça, uç nafar fuqaro toğning yuqori çöqqisiga çiqib, keç bölib qoronğu tuşganligi sababli qaytiş yölini topa olişmagan.

Qutqaruvçilarning tezkor harakatlari natijasida fuqarolar soğ-salomat xavfsiz joyga olib kelinib, ular bilan profilaktik suhbat ötkazilgan.
Oldinroq qutqaruvçilar Toşkentda barmoği temir xalqaga tiqilib qolgan 2 yoşli qizçaga yordam körsatişgani xabar qilingandi.

















