Özbekistonda Belarus traktorlarini yiğiş yölga qöyiladi. Bu haqda «Belta» axborot agentligiga tayanib ÖzA xabar bermoqda.

Unga köra, «Minskiy motornyy zavod» OAJ hamda «Planeta Servis» MÇJ Özbekistonda dizel-generatorlari va kompressor stansiyalarini yiğişni taşkil etişga qaratilgan yangi loyiha böyiça kelişuvga erişgan. Bu borada Belarus rusumli qişloq xöjaligi texnikasini yiğişni yölga qöyiş böyiça litsenziya şartnomalari imzolangan. 

Qayd etilişiça, kelgusida kompaniyalar Özbekistonda qişloq xöjaligi traktorlarini işlab çiqarişni mahalliylaştirişni rejalaştirmoqda. 2023 yilda Minsk motor zavodi Özbekistonga traktor eksportini 2022 yilga nisbatan 1,6 barobarga oşirgan. Özbekistonda quriladigan yiğiş sexi nafaqat yangi iş örinlari yaratadi, balki mamlakatga texnologiyalar import qilinişiga ham hissa qöşadi. 

Oldinroq Aleksandr Lukaşenkoning Özbekistonga rasmiy taşrifi davomida Özbekiston va Belarus örtasida 10 dan ortiq hujjatlar imzolangandi.