Rossiya 2024 yil 1 martdan boşlab benzin eksportiga 6 oylik taqiq kiritmoqda. Bu haqda RBK xabar berdi.
Naşr manbasiga köra, boş vazir Mixail Mişustin 2024 yil 1 martdan boşlab olti oy muddatga benzin eksportini taqiqlaşni ma’qullagan. Şuningdek, birjada dizel yonilğisini sotiş standartini 16 foizga oşiriş töğrisida ham qaror qabul qilingan.
“Vaqtinçalik eksport taqiqi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari, Möğuliston, Özbekiston, Abxaziya va Janubiy Osetiyaga kelişilgan yetkazib beriş hajmlariga taalluqli emas”, — deyiladi xabarida.
Ta’kidlanişiça, çeklov içki bozorda yonilğiga talab ortib borayotgan mavsum – bahorgi dala işlari, neftni qayta işlaş zavodlarida rejalaştirilgan ta’mirlaş işlari, şuningdek, yozgi ta’tillar boşlanişi bilan boğliq.
Rossiya hukumati 2023 yil sentabr oyida ham yonilği (benzin va dizel) eksportiga taqiq qöygandi. Bu çora noyabr oyida bekor qilindi.
Özbekistonda 26 fevraldan “Özbekneftgaz” AYoQŞlarida AI-80 benzini narxi 6800 sömdan 7000 sömga qimmatladi. «Özbekneftgaz» narx oşişini import benzini narxi oşişi bilan izohladi. 2022 yil 13 dekabrdan 2023 yil 31 dekabrgaça AI-80 markali benzin uçun aksiz soliğining nol stavkasi qöllangan, 2024 yil 1 yanvardan boşlab bu imtiyozli davr yakunlanişi bilan UNG Petro şoxobçalarida bu markadagi benzin 6800 sömdan sotila boşlagandi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston 2023 yil yanvaridan boşlab Rossiyadan Ai-80 benzini importini boşlagan.
















