2023 yilda Turkiyaga eng köp kelin bölayotgan xorijliklar röyxatida özbekistonliklar 1-öringa çiqdi. Afsuski, bunda özbek va turk xalqlarining tili, dini va qadriyatlari yaqinligidan taşqari, köngilni xira qiladigan yana bir omilning ham örni bor: odam savdosining bir turiga aylangan “kelinlar biznesi”.
2023 yilda Turkiyada turmuş qurgan har 10 nafar xorijlik kelindan bittasi özbekistonlik bölgan. Rasmiy ma’lumotlarga köra, ötgan yili Turkiyaga 31 029 nafar xorijlik kelin kelgan bölsa, şundan 12 foizini özbekistonlik xotin-qizlar taşkil etgan. 2022 yilda biz bu röyxatda 2-örinda bölgan bölsak, 2023 yilda 1-öringa çiqdik. Röyxatda 2– va 3-örinlarda suriyaliklar va ozarboyjonliklar turişibdi.
Özbek-turk nikohlarining köpayişiga ikki millat vakillarining tili, dini, qadriyatlari öxşaşligi sabab bölişi mumkin. Lekin köz yumib bölmaydigan ba’zi ma’lumotlar ham bor. Bugun turk mediasida “Xorijlik kelinlar qurboni bölgan kuyovlar” sarlavhasi ostida körsatuvlar ekranga çiqmoqda. Unda “özbek kelinlari biznesi” paydo bölgani haqida söz yuritiladi. Turkiyalik jurnalist Zohida Yetiş özbek kelinlar, ularga uylangan turk kuyovlar va ularni özaro taniştirgan örtaçilar haqida bir neçta turkum körsatuvlar e’lon qildi.
“Ular bu yerda şunday işlarni qilişadiki, böydoq janoblarni topib, ularga özbek qizlarining rasmlarini körsatişadi. Yoqtirgan qizlarini olib keliş uçun esa 120 ming lira olişadi. Aslida esa qizlar allaqaçon kelişgan va ularni bir neçta uylarda saqlaşadi. Bu uylarni ham aniqladik, bizda barça ma’lumotlar bor. Ular taniştiriladi va turmuş qurişga köndiriladi. Bir muddat birga yaşaşgandan keyin, ayollar kuyovdan töyda beriladigan sovğalar, pullar va tillalarni qölga kiritib yana öşa uyga qoçib ketişadi. Endi ular boşqa şaharga yöl olişadi va u yerda yana bir boşqa kuyovga turmuşga çiqişadi. Ular şunday qilib kuyovlar orasida aylanib yurişadi. Örtaçilar kuyovlarga bu qizlarning birinçi marta turmuşga çiqişi deb aytişadi. Lekin vaqt ötib qaralsaki, ularning hatto farzandlari ham borligi ma’lum böladi.
Ular ayollarni Istanbulga pullaş uçun olib kelişadi, ammo ular buni bilişmaydi, bu yer közlariga gözal körinadi. Işlagani keldim deb öylaşadi. Ammo bu ular öylagan iş bölib çiqmaydi. Biz hammaga mikrofon tutdik. Şunday ayollarga aldangan önlab erkaklar kelişdi, men bunga işonolmadim”, deydi jurnalist öz körsatuvida.
Körsatuvlarning birida kuyovlar örtaçilar ularga özbek kelin topib berişlari uçun yaxşigina pul olişganini va 20ga yaqin qizlarning suratlarini körsatişganini aytişgan. Ular orasida 68 yoşli kuyovlar ham bor. U Barno ismli örtaçiga 2 ming yevro bergan, lekin oradan 4 yil ötsa hamki, u ayolni topa olmayotganini ma’lum qilgan.
















