2018—2022 yillarda respublika böyiça umumiy ekin maydonlari 3 million 396 ming gektardan 3 million 353,3 ming gektarga yoki 1,3 foizga qisqargan.

Bu davrda köp yillik dov-daraxtlar maydonlari 432,5 ming gektardan 488,6 ming gektarga yoki 13 foizga oşgan. Buğdoy va paxta ekin maydonlarini bosqiçma-bosqiç qisqartiriş asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilab olindi. 2018—2022 yillarda umumiy ekin maydonlarida buğdoy va paxta maydonlarining uluşi 73,5 foizdan 69,5 foizga yoki 3,9 foiz punktiga qisqardi.

2018—2022 yillarda butun respublika böyiça 1 gektar ekin maydonidan olinadigan örtaça daromad 42 million sömdan 46,5 million sömga kötarildi. Şu davrda 1 gektar yerdan olinadigan örtaça daromad Farğona (24,5 foiz), Namangan (20,2 foiz), Qaşqadaryo (17,8 foiz), Sirdaryo (17,3 foiz) va Surxondaryo (15,8 foiz) viloyatlarida eng köp oşdi.

“Özbekiston-2030” strategiyasida bir gektar yerdan olinadigan örtaça daromadni 5 ming dollarga yetkaziş belgilangan. Bu maqsadga erişiş uçun gektaridan olinadigan örtaça daromadni 2022 yildagiga nisbatan 18,9 foizga oşiriş zarur (2022 yilda 4 205 AQŞ dollarni taşkil etgandi).