27 yoşli markaziy himoyaçi Bundesliga joriy mavsumida «Ştutgart» safida 25 öyinda maydonga tuşib, 3ta assistga mualliflik qilgan va hozirda klubi bilan turnir jadvalida 3-örinda bormoqda.
Valdemar Anton 1996 yil Özbekistonning Olmaliq şahrida tuğilgan bölib, keyinçalik Germaniyaga köçib borgan. «Gannover» klubi tarbiyalanuvçisi sanalmiş futbolçi bungaça Germaniya yoşlar jamoasida ham töp surgan. 2020 yil esa «Ştutgart» safiga ötgandi.
Germaniya milliy jamoasi boş murabbiyi Yulian Nagelsmann Fransiya va Niderlandiyaga qarşi ötkaziladigan örtoqlik uçraşuvlari uçun Valdemarni ham taklif etgan. U bu bahslarda himoya markazida Antonio Ryudiger bilan tandem hosil qilişi mumkin.

Eslatib ötamiz, bir neça yil avval Antonni Özbekiston va Rossiya milliy jamoasi öz safiga taklif etmoqçi ekani haqida xabarlar tarqalgan, yakunda u Germaniya yoşlar jamoasi taklifiga rozilik bildirgandi.

















