Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölinmalari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, uşbu jinoyatni Toşkent şahar, Çilonzor tumanida yaşovçi 21 yoşli I.A. sodir etganligi aniqlandi.
Gumonlanuvçi sifatida tergov organlariga jalb etilgan I.A. “Telegram” messenjeri orqali M.E. bilan tanişib, unga AQŞdan hisobraqam olib berişini va’da qilib, aldov yöli bilan undan 975 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni özining foydalanuvida bölgan plastik kartasiga ötkazib olgan, söngra u bilan aloqani uzib, pullarni öz ehtiyojlari uçun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, I.A.ning sodir etilib foş etilmay qolgan boşqa şu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekşiriş yuzasidan tezkor-suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uçun 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.
















