Nissan nega Özbekistonga kirmagan? Kompaniyaning özbek menejyeri bilan suhbat
|02:25 / 19.03.202449 71310 min
Aşrafbek Olimov 1980 yil Buxoro viloyati Şofirkon tumanida tuğilgan. Toşkent Davlat iqtisodiyot universitetini tugatib, Soliq qömitasida 8 yil faoliyat yuritgan va 2010 yilda Jahon bankining “Public policy and taxation” granti asosida birinçi marta Yaponiyaga 2 yillik magistratura uçun ketadi.
2 yillik magistratura 3 yillik doktoranturaga ulanib, 2015 yilda xalqaro moliya böyiça doktorlik unvonini olgan va Yaponiya korporatsiyalarida işlaşni boşlagan. 2017 yildan beri Nissan Motor kompaniyasida faoliyat yuritib keladi, ayni paytdagi lavozimi – katta moliyaviy menejyer.
Aşrafbek Olimov turmuş örtoği va 3 nafar öğli bilan Yaponiya poytaxti Tokioda istiqomat qiladi. Katta farzandi 20 yoşda, u Tokio metropolitan universitetida ikkinçi kurs talabasi, ayti sohasida. Örtança va kenja farzandlari xususiy maktabda öqiydi.
“Nissan'da moliyaviy tahlil bilan şuğullanaman”
— Hozir xalqaro hamkorliklarni moliyalaştiriş boş boşqarmasida boş menejyer lavozimida işlayman, – deydi suhbatdoşimiz. – Boşqarma qiladigan asosiy işi – Nissan'ning dunyodagi barça hamkorliklarini moliyalaştiriş, avval moliyalaştirilgan loyihalarni tahlil qiliş, monitoringini olib boriş va istiqbolli proyektlarni tahlil qilib, qaror qabul qiliş bilan şuğullanadi.
Qilayotgan işimni uçga bölsa böladi. Birinçisi, allaqaçon boşlangan proyektlar monitoringi. 30 dan ortiq mamlakatda Nissan Motor kompaniyasining zavodlari va savdo kompaniyalari orqali töğridan töğri faoliyat yuritamiz. 150 ga yaqin davlatda avtomobillarimiz sotiladi. Nissan Motor kompaniyasining bozor kapitalizatsiyasi hozirgi paytda 15-20 mlrd dollar örtasida. 2018 yilgaça yiliga 5 million va undan köproq avtomobil sotardik, hozir esa 3,5 million. Covid-19ʼdan keyin sekin-asta qaytiş bölyapti – bir yilda 3,5 mln atrofida avtomobil sotamiz.
Mana şu barça işlab çiqarilayotgan avtomobillar Nissanʼni judayam köp kompaniyalar bilan hamkorlik qilişga undaydi. Mana şu hamkorliklarni moliyalaştiriş kerak böladi. Allaqaçon 100 dan ortiq strategik hamkorlarimiz, alyansdagi korxonalar bilan hamkorliklarimiz bor. Bularning barçasini moliyalaştiriş çuqur moliyaviy tahlil kerak böladi. Resurslar har doim çeklangan, kompaniyada esa çeksiz imkoniyatlar yöq. Çeklangan resurslar bilan eng optimal proyektlarni moliyalaştiriş kerak. Masalan, şu boşlanişida 500 millionlik loyihani tahlil qilib, har xil juda katta matritsalar işlatiladi, barça geosiyosiy holatlar, logistika va boşqa har bitta elementlari inobatga olinib, moliyaviy modellaştiriş olib boriladi. Şular asosida qaror qabul qilamiz, moliyalaştiriş kerak yoki kerak emas degan.
Mavzuga oid
Kun.uz xorijdagi vatandoşlar bilan suhbatlarini davom ettiradi. Navbatdagi qahramonimiz – 14 yildan beri Yaponiyada yaşab, Nissan'da faoliyat yuritayotgan moliya menejyeri Aşrafbek Olimov. U suhbat davomida Yaponiyadagi faoliyati, yirik kompaniyalarning öz xodimlariga munosabati va jahonda elektromobillar sohasida keçayotgan raqobat haqida sözlab berdi.
Nissanxodimlarini “erkalatadi”
— Nissan xodimlarga şaroit yaratib beriş borasida nafaqat Yaponiyada, balki dunyodagi eng yaxşi kompaniyalardan biri deb bilaman. Birinçi işga kelgan kunimdan, nima şaroit kerak sizga, nima qilişimiz kerak, deb söraşgan. “Ortiqça şaroit kerak emas, faqat musulmonçilik yuzasidan iş vaqtida namoz öqişimga töğri kelişi mumkin”, deganman. Şundan keyin alohida namoz öqiygan xona ajratib berişgan, kirsam joynamoz qöyib, yana qiblaning qayerdaligini körsatib qöyişgani judayam hayron qoldirgan. Juma namoziga borişim uçun 3 soat vaqt ajratib berişdi, bemalol çiqib borib kelişim uçun.
Ular kadrlarni şunaqa “erkalatişadi”, bundan maqsad – kadrlarning salohiyatidan maksimal ravişda foydalaniş. Buning uçun ularni rağbatlantirib, köngliga qarab, “diversity” deydi, har xil davlatlardan, turli madaniyatlardan kelgan kadrlarga eng yaxşi şaroitlarni yaratib berib, foydalanişga harakat qilişadi.
Yaxşi tomonlaridan yana biri – Nissan ofisida katta restoran bor, qiynalyapman deganimda, alohida halol menyu qilib qöyişdi. Bu alohida musulmon xodimlar uçun. Şunaqa tomonlari judayam odamni rağbatlantiradi, keyin, albatta, jon berib işlaşga tayyor bölasiz.
Oylik masalasida, Yaponiyada narx-navolar umuman boşqaça. Oilaviy bölib yaşasangiz, uylar ijarasi 2000 dollar atrofida. Şu tomonidan kelib çiqqan holda beradigan maoşi Yaponiyada uç farzandim, oilam bilan yaşab, sayohatlar qilib, yilda bir marta vatanga borib keliş va farzandlarimni xususiy maktabda öqitişga yetib turibdi.
“Nissan orzumdagi kompaniya edi”
— Nissan kompaniyasiga kirişimda unaqa balki kitoblarda yoziladigan olamşumul sabablar yöq. Doktorlik işim xalqaro kompaniyalarning har xil talab va taklif şoklariga böladigan javobi va ular bularga qay darajada tayyor turiş kerak degan tahlil bölgan. 2 mingdan ortiq yapon kompaniyasining moliyaviy natijalaridan foydalanib, empirik analiz qilingan. Şundan boşlangan katta korporatsiyalarga qiziqişim. Darvoqe, Özbekiston Soliq qömitasida işlagan paytimda ham qöşma korxonalarni nazorat qiliş va tekşiriş yuridik bölimida işlaganman. Öşanda katta korxonalarga qiziqiş bor edi.
Doktoranturadan keyin birinçi kirgan kompaniyam Yaponiyadagi advokatura edi, moliya böyiça işlaganman. Nissan orzumdagi kompaniya edi, yoşligimdan avtomobillarga qiziqişim bois şu kompaniyaga ötişga qaror qilganman.
Nissanʼga işga kirişim dunyodagi bir özgariş paytiga töğri kelib qolgan, ya’ni dunyoda şu paytgaça mutlaq işlatilgan içki yoqilği dvigatellari bilan yuradigan avtomobillar sekin-asta elektromobillarga almaşayotgan paytda. Bu narsaga özim judayam qiziqardim. Hozir körilayotgan önta taklifdan sakkiztasi elektromobillar bilan boğliq. Özimga qiziq bölgani sababli tanlaganman va kompaniya rağbatlantirib turgani uçun 7 yil davomida işlab kelyapman.
Elektromobillar: Xitoy Rossiyaning toza nikelidan foydalanmoqda
Elektromobilning özagi – batareya. Elektromobil batareyalari asosan 2 turga bölinadi. Birinçisi, NCM, ikkinçisi LFP batareyalari. NCM – nikel, kobalt, magniy, LFP – litiy, temir va fosfordan iborat.
Bu battareyalarni işlab çiqariş atmosferaga judayam köp çiqindi çiqarişni talab qiladi. Bu narsalarni Xitoy özida çiqarişni boşlaganida hamma xursand bölgan edi, asosan çiqindi çiqadigan narsalarni Xitoyda çiqarib olamiz deb. Hozirga kelib tuşunişdiki, bu batareyalarni işlab çiqarişda ustunlikni berib qöyişyapti.
Köp joylarda aytilmaydigan ma’lumotni beraman. NCM batareyalarining LFP batareyalaridan farqi – tezroq zaryad oladi, uzoq yölga boradi. 300-500 km masofaga boradigan elekromobillarning hammasi NCM batareyalaridan foydalanadi. LFP batareyalarining xizmat qiliş sikli köproq, ammo bitta quvvatlantirişda uzoqqa boriş masofasi köp emas. NCM batareyasini NCM-721 deydi, bu nikel – 70 foiz, kobalt – 20 foiz va magniy 10 foiz foydalanilgan degani. Işlatiladigan nikelning eng tozasini qazib oliş 3000 dollarga tuşsa, uni qayta işlaş 1000 dollarga aylanadi va narxi 4000 dollarga boradi. Şunaqa nikel borki, judayam toza emas, asosan Indoneziyadan çiqadi. Qazib oliş 2000 dollar, qayta işlaş 5000-6000 dollarga boradi. Ana şu nikelning eng tozasini Rossiya işlab çiqaradi. Hozirgi bölayotgan geosiyosiy özgarişlar zamirida şunday narsalar borki, batereya işlab çiqaruvçilar nikelni Rossiyadan sotib olişga majbur. Xitoyning Rossiya bilan aloqalari juda yaxşi, ya’ni resurs tomonidan Xitoyning ustunliklari bor.
Xitoyning maxsus strategiyasi
Nissan elektromobillar borasida Xitoy kompaniyalari bilan qanaqa raqobat qilmoqçi degan savolga kelsak, bir jönroq misol bilan tuşuntiraman. Ham elektromobil, ham içki yonuv dvigatelli avtomobillar işlab çiqaradigan Nissan, Volkswagen kabi kompaniyalar hamda Xitoy kompaniyalarini xuddi daryodan keçib ötayotgan uzun karvon va yagona otga qiyoslaş mumkin. Nissan kabi kompaniyalarning orqasida juda katta bagaji bor: yillar davomida bizda içki yonuv dvigatellari borasida minglab injyenerlar işladi, hammasini işdan böşatib boşqatdan elektromobil işlab çiqariş injyenerlarini işga oliş deyarli imkonsiz. Yaponiya yoki boşqa Ğarb davlatlarida iş örinlari qonun bilan muhofaza qilingan, osonlikça ularni işdan böşatib yuborişning iloji yöq. Şu jihatdan, yaponlarda bir gap bor: kutib turib, eng yaxşi payti kelganda ötib oliş.
Xitoy narxni tuşiryapti, sifatni oşiryapti degan masalaga kelsak, bu Xitoyning maxsus strategiyasi hisoblanadi, öyinda ğolib böliş uçun kompaniyalarga katta katta subsidiyalar berib, ularni rağbatlantirib, bozorda öz örnini topib olgunça kötarib qöyiş maqsadida qilinayotgan işlar.
Yaponiya va Ğarb davlatlari, Amerika ham bu harakatni boşladi. Amerikada hozir “IRA” (Inflation reduction act) degan qonunçilik prezident Bayden vaqtida joriy etildi. Sekin-asta ular ham bozorni öziga kerakli tomonga özgartirişga harakat qilyapti.
Nissan nega Özbekistonga kirmagan?
— Özbekiston – jozibali bozor, Örta Osiyoning markazida joylaşgan, avtomobil habi böla oladigan davlat. Ammo hamkorlik va sarmoya qilişning öziga yaraşa bosqiçlari bor. Yapon kompaniyalari bitta ham maşina sotilmagan davlatga borib, töğridan töğri zavod oçiş yoki katta investitsiya qilişga çöçiydi. Şuning uçun avval bozorni paypaslab körib, sotiladigan avtomobillarni yuborib, sotuv bir yilda 10 mingtaga yaqinlaşsa, keyin investitsiya qiliş rejalarini tuzamiz. Lekin yaqin orada Özbekistonga juda yaxşi imkoniyat tuğilib qolişi mumkin deb öylayman, çunki 2022 yil voqealaridan keyin Rossiya bozoridan çiqib ketdik. Rossiyada 1 milliard dollardan qimmat turadigan zavodimiz bor edi, şuni 1 yevroga sotib çiqib ketdik, faqat 6 yil içida şu narxga qaytarib olişimiz mumkin.
Markaziy Osiyo bozorlari uçun işlab çiqariş rejamiz yöq emas, lekin yaqin muddatda judayam qaltis geosiyosiy holatda Nissan asosan katta bozorlarga e’tibor qaratyapti.