Şavkat Mirziyoyev 26 mart kuni Namangan viloyatida bölib ötgan yiğilişda viloyatning Qamçiq dovoniga yaqin hududida logistika markazini taşkil etiş böyiça topşiriq berdi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yiğilişda Namangan viloyati sanoat mahsuloti va meva-sabzavoti asosan Toşkent va Andijon orqali eksport bölayotgani tannarxning ösişiga olib kelayotgani qayd etildi. 

Şu munosabat bilan mutasaddilarga Namangan xalqaro aeroportidagi böş maydonda yuk terminalini işga tuşiriş, Namanganning Qamçiq dovoniga yaqin hududida logistika markazini taşkil etiş, Nanay qişloği hududidagi sobiq “Karvon” bojxona nazorat maskani faoliyatini tiklaş topşirildi.
 
Qirğiz tomoni bilan kelişilgan holda “Uçqörğon” bojxona postini işga tuşirişni jadallaştiriş zarurligi qayd etildi. Çegara posti yaqinida xitoylik hamkorlar bilan “Uçqörğon-Kensay” logistika markazini barpo etiş rejalaştirilgan.