Hujjat bilan:
- Texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi ekspert komissiyasi töğrisidagi nizom;
- Savdodagi texnik tösiqlar böyiça axborot markazi töğrisidagi nizom tasdiqlanmoqda.
Ekspert komissiyasi işlab çiqilgan texnik reglamentlarni, ularga özgartiriş va qöşimçalar loyihalarini ekspertizadan ötkaziş, şuningdek, amaldagi texnik reglamentlarni bekor qiliş böyiça takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlaş uçun Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligi va (yoki) tegişli sohada davlat siyosatini yurituvçi respublika ijro etuvçi hokimiyat organlari huzurida tuziladi.
Texnik reglament loyihasini işlab çiquvçi organ uni komissiyaga yuboradi, komissiya a’zolari tomonidan 15 kalendar kun içida takliflar taqdim yetiladi. Taqdim etilgan loyiha böyiça komissiya yiğilişida qaror qabul qilingandan söng qaror bir hafta içida manfaatdor taşkilotlarga yuboriladi.
Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligining Standartlar instituti tuzilmasida Savdodagi texnik tösiqlar böyiça axborot markazi taşkil etilmoqda. Uning vazifalari:
- JSTga a’zo davlatlarni respublikada xalqaro standartlarga asoslanmagan yoki ulardan sezilarli darajada farq qiladigan yangi texnik reglamentlar işlab çiqilayotganligi töğrisida öz vaqtida (işlab çiqiş bosqiçida) xabardor qiliş;
- JSTga a’zo davlatlar axborot markazlari sörovlariga javoblar taqdim etiş;
- JSTga a’zo davlatlarining yangi texnik reglamentlarni işlab çiqiş böyiça xabarnomalari böyiça fikr bildiriş;
- JSTga a’zo davlatlarning savdodagi texnik tösiqlar sohasida rejalaştirilgan yoki qabul qilingan çoralari töğrisidagi xabarnomalarni respublikaning tegişli ijro etuvçi hokimiyat organlari, korxonalari va boşqa manfaatdor tomonlarga ularning söroviga köra taqdim etiş.

















