Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2024 yil 4 mart kuni soat 07:30 larda M-39 Toşkent-Termiz avtomobil yölining Dehqonobod tumani Gumbuloq mahallasi hududidan ötgan qismida sodir bölgan.

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida yaşovçi 43 yoşli haydovçi Nexia-1 maşinasini boşqarib borib, röparadan harakatlanib kelayotgan, Termiz şaharida yaşovçi 41 yoşli haydovçi boşqaruvidagi Nexia-3 bilan töqnaşgan.

Oqibatda oğir tan jarohatlari olgan Nexia-1 haydovçisi vafot etgan.

P.S. Odam ölimi bilan boğliq mazkur YTH Qaşqadaryoda sodir bölganiga qaramasdan bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati heç qayerda ma’lumot bermagan.