11 aprel kuni Xalq deputatlari Piskent tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev iştirokidagi yiğilişda Piskent tumani hokimi lavozimida işlab kelayotgan Nodirbek Yoqubov öz arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Toşkent viloyati hokimligi matbuot xizmati bergan xabarga köra, Muzaffar Aripov Piskent tumani hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi. 

Muzaffar Aripov 1985 yilda Toşkent viloyatida  tuğilgan. Ma’lumoti – oliy. 2010 yilda Toşkent davlat agrar universitetini, 2020 yil Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Tayinlovga qadar Toşkent viloyati hokimligi Taşkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida faoliyat olib borgan.

Nodirbek Yoqubov Piskent tumaniga 2023 yil yanvaridan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi. U muqaddam 2018–2023 yillarda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri örinbosari lavozimida işlagan.