10 aprel kuni Toşkentdagi Börijar kanalining Çilonzor tumanidan oqib ötuvçi qismida uç kişi çökib ketgani haqida xabar berilgandi.
Kun.uz'ga ma’lum bölişiça, qurbonlardan ikki nafari – ona-bola (birlamçi xabarda ular qarindoş emasligi aytilgandi). Keyinroq jasadi topilgan uçinçi qurbon – erkak esa ularni qutqarmoqçi bölgan.

Voqea tafsilotlaridan xabardor manbaning bildirişiça, 5 yoşli bola qirğoqda öynab, tasodifan suvga tuşib ketgan. Uni körgan erkak bolani qutqariş uçun suvga sakragan, biroq kuçli oqim tufayli u ham çökib ketgan. Bolaning onasi ham ularni qutqarmoqçi bölib, yordam berişga harakat qilgan, lekin uni ham suv oqimi olib ketgan.
Çökib ketgan 35 yaşar ayol va 5 yaşar bola Rossiya fuqarolari bölgan. Uçinçi qurbon örta yoşlardagi Xitoy fuqarosi ekani aniqlandi.
Hozirda uçala jasad ham suvdan olib çiqilgan.

Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinovga köra, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

















