Savdo markazlariga egalik qiluvçi va boşqaruvçi, «Aşan» (Auchan) guruhi tarkibiga kiruvçi Fransiyaning «Sitras» (Ceetrus) kompaniyasi Rossiyadagi aktivlarini sotiş böyiça bitim tuzdi. Bu haqda 14 aprel, yakşanba kuni RBK xabar berdi. Kompaniyaning yangi egasi «Torgovyye galerei» firmasi böldi. 

«Sitras» Rossiya portfeli 150 ming kvadrat metr savdo maydonini öz içiga oladi, deyiladi uning saytidagi ma’lumotlarda. U 40 ta savdo markazlari va galereyalarini boşqaradi. 

2023 yil dekabr oyida «Izvestiya» gazetasi Rossiya boş vaziri örinbosari Andrey Belousovning boş vazir Mixail Mişustinga yöllagan maktubiga tayanib, Sanoat va savdo vazirligi «Aşan» savdo tarmoqlarining Rossiyadan çiqib ketişi xavfi borligini körayotgani haqida xabar berdi. Oziq-ovqat mahsulotlari, quriliş materiallari va kiyim-keçak sotişga ixtisoslaşgan çakana savdo dökoni Rossiyada 2002 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli hujumi boşlanganidan söng, fransuz kompaniyasi boş direktori Iv Klod «Aşan» Rossiyada öz faoliyatini davom ettirişini aytdi, çunki u tinç aholi uçun işlaydi.