Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnomani imzoladilar.
Bundan taşqari, davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almaşiş marosimi bölib ötdi.

Umuman, taşrif davomida Özbekiston bilan Tojikiston örtasidagi köp qirrali hamkorlikning deyarli barça yönalişlarini qamrab oluvçi 28 ta hujjat, jumladan:
– Sanoat sohasida hamkorlik töğrisida bitim;
– Sanoat mulkini muhofaza qiliş sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
– Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni attestatsiyadan ötkaziş sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
– Fanlar akademiyalari örtasidagi ilmiy hamkorlik töğrisida bitim;
– davlat çegarasi orqali ötkaziş punktlari, xalqaro avtomobil va aviatsiya qatnovlari töğrisidagi bitimlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida bayonnomalar;
– Veterinariya va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida hamkorlik töğrisida bayonnoma;
– Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş idoralari örtasidagi hamkorlik töğrisida bayonnoma;
– madaniyat va turizm sohasidagi hamkorlik, agrosanoat majmuidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça “yöl xarita”lari;
– Andijon, Namangan, Sirdaryo, Farğona, Xorazm viloyatlari va Söğd viloyati, Qaşqadaryo viloyati va Xatlon viloyati örtasida hamkorlik töğrisida bitimlar va 2024-2026 yillarga möljallangan “yöl xarita”lari hamda boşqa hujjatlar imzolandi.



Qozoğiston bilan ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnoma ratifikatsiya qilindi

















