2023 yildan şu vaqtgaça tibbiyot xodimlari faoliyatiga noqonuniy aralaşgan 87 nafar şaxs jazolandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.
Qayd qilinişiça, 2023 yil mart oyida «Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga tösqinlik qilganlik uçun javobgarlik belgilanişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonun muvofiq Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 197-7-modda (tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga tösqinlik qiliş) bilan töldirilgan edi.
Qonun kuçga kirgan vaqtdan boşlab, 2023 yilda uşbu modda bilan 62 nafar şaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan: 40 nafariga jarima jazosi, 22 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qöllanilgan.
2024 yil 1-çoragida Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 197-7-moddasi bilan 25 nafar şaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan: 14 nafariga jarima jazosi, 11 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qöllanilgan.
















