Moskva Basmanniy rayoni sudi RF mudofaa vaziri örinbosari Timur Ivanovni hibsga olişga sanksiya berdi. Vazir örinbosari kamida 23 iyunga qadar «Lefortovo» tergov izolyatorida hibsda böladi. Unga nisbatan öta yirik miqdordagi pora oliş böyiça ayblov e’lon qilingan (RF JK 290-moddasi 6-qismi) — Ivanov sakkiz yildan 15 yilgaça qamoqqa hukm qilinişi yokii köp millionlik jarimaga tortilişi mumkin. Iş fabulasi hozirça aniq emas — tergov ham, himoyaçilar ham tafsilotlarni oşkor qilmayapti. Sud xabarida faqat pora «mudofaa vazirligi ehtiyojlari uçun pudrat va subpudrat işlarini bajarişda mulkiy xususiyatga ega xizmatlar körsatiş şaklida» olingani qayd etilgan.
Ivanovning advokati Denis Baluyev OAVga bir-biriga zid keluvçi ma’lumotlar taqdim etgan. U TASS agentligiga işda «pul pora predmeti sifatida körilmayotgani» va «aqlga siğadigan miqdor — bir million rubldan köproqligi»ni aytgan. «Kommersant FM» bilan suhbatda esa u işda «pul pora predmeti sifatida körilayotgani», ammo «bu nisbiyligi va tahrir qilinişi»ni bildirgan. «Ammo bu örinda biz kundalik hayotda qandaydir noqonuniy harakat yoki harakatsizlik uçun pul körinişida beriladigan xrestomatik pora haqida gap ketmayapti, bu yerda iş tarkibi ança murakkabroq», — deya qayd etgan u. Baluyev şuningdek Ivanov aybiga iqror bölmagani va «tergov bilan hamkorlik qilayotgani»ni aytgan.
Ivanov bilan birga yana bir figurant hibs qilingan, biznesmen Sergey Borodinga ham xuddi Ivanovniki kabi modda böyiça ayblov qöyilgan. Sudning qayd etişiça, Borodin va Ivanov «döstona aloqada bölganida» jinoiy til biriktirgan. «Dose» markazi 2023 yilgi suriştiruvida Borodinni vazir örinbosarining «işonçli odami» deb atagan — xususan, jurnalistlar ma’lumotiga köra, uning rahbarligidagi «Voljskiy bereg» kompaniyasi Ivanovga Tver oblastida katta uy qurib bergan. Borodin — bir neça kompaniyalarga, şuningdek «Krasniye zvezdi» havaskor hokkey klubiga egalik qiladi, bu klub «mudofaa vaziri örinbosari jamoasi» nomini olgan.



















