BBC u va işdagi boşqa ayblanuvçilar böyiça ma’lumotlarni töpladi.

Asosiy ayblanuvçi — Timur Ivanov, mudofaa vaziri örinbosari, korrupsiyaga qarşi suriştiruv qahramoni

 

RF mudofaa vaziri örinbosari Timur Ivanov (çapda ikkinçi) okkupatsiya qilingan Mariupoldagi turar joy quriliş hududida, 2022 yil iyun oyi. Foto: YEGOR ALEYEV/TASS

Timur Ivanovga qarşi jinoiy iş haqida 23 aprel kuni keçqurun ma’lum bölgandi. RBK ma’lumotiga köra, Ivanov öşa kuni soat 17:00 atrofida öz xizmat kabinetida qölga olingan. Şu kuni mudofaa vazirligida hay’at kengaşi yiğilişi ötkazilgan, unda vazir Sergey Şoygu ham, Ivanov ham iştirok etgan.

Keyingi kuni sud Timur Ivanovni hibsga oliş töğrisida qaror çiqardi. Sudda ham u pogonlar va orden plankalari (uzun taxtaça)ga joyida turgan harbiy formada köriniş berdi — bu jinoiy işlarda yuqori martabali figurantlar bilan kamdan kam uçraydigan holatdir. Sud zalidan çiqayotganda olingan videoda esa u fuqarolik kiyimida bölgan, uning bilaklarida kişanlar körinib turgan.

Uning advokati Murad Musayevning sözlariga köra, Ivanov göyoki «mudofaa vazirligining qaysidir pudratçi kompaniyalariga yordam körsatgan», buning evaziga bu kompaniyalar «Ivanovga tegişli bölgan obektlarda tekinga quriliş-ta’mirlaş işlarini bajargani»da ayblanmoqda. Unga RF Jinoiy kodeksining 290-moddasi, 6-qismi bilan ayblov qöyilgan (öta yirik miqdorda pora oliş böyiça modda, buning uçun 15 yilgaça ozodlikdan mahrum etiliş mumkin). Ivanov öz aybiga iqror bölmagan.

Timur Ivanov 2016 yildan buyon mudofaa vaziri örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi (TASS xabariga köra, u 24 aprelda lavozimidan çetlatilgan). Uni Sergey Şoyguning eski tanişi va safdoşi deb bilişadi: 2012 yilda Ivanov Moskva oblasti ma’muriyatida vitse-premer bölgandi, öşanda hududga Şoygu rahbar edi.

Ivanov sönggi yillarda mudofaa vazirligida yirik harbiy qurilişlarga mas’ul bölgan: Rossiya bosqini davrida vayron bölgan Mariupolni tiklaşda, Rossiya qurolli kuçlarining asosiy ibodatxonasi, «Şarqiy» kosmodromi, mudofaa vazirligining Covid-19 ga çalingan bemorlari davolanadigan tibbiyot markazi qurilişi kabilarda.

Ivanov hibsga olinişidan ança oldinroq özining haşamatli hayot tarzi bilan tanilgandi, şuning uçun kuzatuvçilar unga qarşi jinoiy iş oçilişiga aynan korrupsiya sabab bölganiga şubha qilişmayapti.