Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumani sudi notaniş qizni urgan şaxsga nisbatan hukm çiqardi.
Jinoyat işi materiallariga köra, 1 fevral kuni Bözbozor köçasida 26 yoşli erkak «jamiyatdagi xulq-atvor qoidalariga, umume’tirof etilgan axloqiy me’yorlarga qöpol tarzda beparvolik bilan» munosabatda bölib, oldidan ötib ketayotgan 17 yoşli qizga nisbatan qöpol va odobsiz harakatlar sodir etgan, qiz qarşilik körsatgaç, uning yuziga urib, voqea joyidan qoçib ketgan.
Sud-tibbiy ekspertizasi qizning pastki lab sohasida jarohatlar aniqlagan va ularni yengil jarohatlar sifatida baholagan.
Ayblanuvçi öz aybini töliq tan oldi va turmuşidan ajraşganidan söng «yangi hayot qurişga intilganini» aytdi. Uning sözlariga köra, öşa kuni u jabrlanuvçi qizni körgan va «birinçi u bilan tanişib, keyin turmuş quriş»ni xohlagan.
Yigitning ta’kidlaşiça, u tasodifan qizga yaqinlaşib, odobsiz harakatlar sodir etgan. Qiz qarşilik körsatgan paytda hujum qilgan şaxsning telefoni yerga tuşib ketgan, şundan söng ayblanuvçi uning yuziga muşti bilan urgan, qiz esa zarbadan yerga qulagan.
Jabrlanuvçining sözlariga köra, u voqea sodir bölgandan beri juda yomon ruhiy holatda va köçada yolğiz yurişdan qörqadi. Uning fikriça, jamiyatda bunday şaxslarning mavjudligi barça qizlarning hayoti va soğliğiga xavf tuğdirişi mumkin. Jabrlanuvçi sudlanuvçini keçirmadi va bu boşqalarga örnak bölişi uçun suddan eng oğir jazo tayinlaşni söradi.
Sud erkakni Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «d» bandi (Bezorilik, öz mazmuniga köra umume’tirof etgan axloq qoidalarini namoyişkorona mensimaslikda ifodalanuvçi ötaketgan behayolik) böyiça aybdor deb topib, 2 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinladi.
















