Dehli-Çikago yönalişida AI-127 reysini amalga oşirayotgan Air India aviakompaniyasi samolyoti Toşkent xalqaro aeroportiga qönişga majbur böldi.
Favqulodda qönişga yölovçilardan birining soğliği yomonlaşgani sabab bölgan. Samolyotda bölgan 86 yoşli ayol yurak xurujiga uçragan. Şundan söng ekipaj eng yaqin muqobil aerodromga borişga qaror qildi.
Soat 06:44 da Air India aviakompaniyasining samolyoti Toşkent aeroportiga qöndi. Yölovçi va uning hamrohi tez tibbiy yordam maşinasida Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketilgan.
Air India aviakompaniyasi samolyoti hozirda Toşkent aeroportidan uçişga hozirlanmoqda.

















