Hindistondagi Indira Gandi xalqaro aeroportida ikki nafar Özbekiston fuqarosidan 5 kilogramm oltin musodara qilindi. 

Dehli Bojxona xizmati xabariga köra, Dubaydan kelgan ikki nafar Özbekiston fuqarosi aeroport bojxona körigidan ötkazilgan. Ular 3,16 million rupiylik oltinni noqonuniy olib kirişga uringani aniqlangan.

Fuqarolar bojxona xodimlari tomonidan qölga olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.