Joriy yil 6 may kuni Dubaydan Dehliga uçib kelgan ikki nafar özbekistonlik fuqaro tilla quymalarini Hindiston hududiga noqonuniy yöl bilan olib kirişga urinayotganda qölga olingan.
"Dunyo" xabariga köra, hozir ularga nisbatan suriştiruv işlari ötkazilmoqda.
Mamlakatning Dehlidagi elçixonasi tomonidan fuqarolar bilan boğliq suriştiruv jarayoni nazoratga olingan va Hindistonning mas’ul huquq-tartibot idoralari bilan işçi aloqalar örnatilgan. Şuningdek, vaqtinça hibsga olingan vatandoşlar bilan uçraşuv ötkaziş çoralari körilmoqda.
Diplomatik missiya vatandoşlardan xorijga, jumladan, Hindistonga safar qiliş çoğida çet davlatlar qonunçiligi talablariga qat’iy rioya qilişga, turli şubhali guruhlar yoki şaxslarning yolğon va’dalariga aldanib qolmaslikka, samolyotga çiqiş oldidan begona kişilardan yuk yoki buyumlar olmaslikka çaqiradi.
Hindistonda turli kutilmagan noxuş hollarga tuşib qolgan fuqarolar tezkor va samarali konsullik-huquqiy yordam oliş uçun elçixona konsullik bölimiga quyidagi aloqa vositalari orqali murojaat qilişi mumkin: telefon: +91 11 2467 0774/75, elektron manzil: [email protected] va [email protected], Telegram-bot: @consuluzbindia_bot.

















