“Bugungi davrda matbuot – nafaqat közgu, balki mudofaa, xavfsizlik darajasidagi institutdir” - Komil Allamjonov
|02:51 / 11.05.202414 1182 min
PA Axborot siyosati departamenti rahbari özini jurnalist yo blogerman degan ayrim şaxslarning turli noqonuniy harakatlariga töxtalib, erkin matbuotni huquqiy maydonga olib çiqiş, muammolar sudlarda hal bölişiga erişiş zarurligini ta’kidladi. “Öyin qoidasi aniq-ravşan va hamma uçun teng bölsagina, rivojlaniş böladi. Söz erkinligi – bu barçaning huquqi: matbuotning ham, unda aks ettirilayotgan şaxslarning ham. Şu muvozanatni uşlaş muhim”, – dedi u.
Prezident administratsiyasining Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov 10 may kuni nodavlat telekanallar vakillari bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda u öz Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Söz erkinligi, milliy kontent va bolalar uçun sifatli media mahsulotlarni yaratiş masalalarini muhokama qildik. Şu örinda Prezidentimizning matbuot va söz erkinligi borasidagi pozitsiyalari juda qat’iyligi, oçiqlik siyosatisiz taraqqiyotga erişiş qiyinligi yana bir bor ta’kidlandi.
Albatta, muammolar köp. Matbuot erkinligi yuzasidan reytinglarimizda özgariş bor. Lekin biz bugun erkin matbuotni huquqiy maydonga olib çiqmas ekanmiz, muammolar sudlarda hal bölişiga erişmas ekanmiz, taraqqiyot örniga xaos paydo bölişi, jurnalist yoki blogerman deb turli noqonuniy harakatlar, şantaj, firibgarlik holatlariga yöl qöyilişi natijasida jabr körgan fuqarolar soni ortib ketişiga sababçi bölamiz. Afsuski, bunday holatlar böldi. Reyting tuzilişida şu kabi hodisalar ham ta’sir qildi deb öylayman.
Rivojlaniş heç qaçon silliq bölmaydi. Öyin qoidasi aniq-ravşan va hamma uçun teng bölsagina, rivojlaniş böladi. Söz erkinligi – bu barçaning huquqi: matbuotning ham, unda aks ettirilayotgan şaxslarning ham. Şu muvozanatni uşlaş muhim. Demak, ortga yöl yöq – bu aniq. Faqat oldinga. Oldinga – huquq, me’yor va qonun doirasida, oldinga.
Hali yana köp muammolar bölişi mumkin va bu tabiiy. Lekin bu muammolar biz boşlagan islohotlarga soya solmasligi kerak. Çunki bugungi davrda matbuot – nafaqat közgu, balki mudofaa, xavfsizlik masala darajasidagi institutdir”, – deya yozdi Komil Allamjonov.
Eslatib ötamiz, “Çegara bilmas muxbirlar” nodavlat taşkiloti ötgan hafta e’lon qilgan Matbuot erkinligi indeksida Özbekiston ötgan yilga nisbatan 11 poğonaga pastlab, 148-öringa tuşgan edi.