Surxondaryo viloyatining Denov tumanida sud raisi va advokat YTHga uçradi. Buning oqibatida advokat oğir tan jarohati olib, vafot etgan.
Marhumning yaqinlari tahririyatga murojaat qilib, YTHga uçragan Lacetti maşinasi rulida sud raisi bölganligini, buni hodisaga guvoh bölgan şaxslar körganligini bildirişdi.
“Kamoliddin Murodov va ukam bir-birlari bilan yaxşi taniş edi. Voqea sodir bölgan kuni sud raisi öz xizmat maşinasida ukamning uyiga kelgan. Keyin ular ukamga tegişli Lacetti maşinasida qayergadir çiqib ketişgan.
Ortga qaytişda maşina yöldan çiqib ketib, daraxtga urilgan. Buning oqibatida ukam halok böldi. Guvohlarning aytişiça, YTH paytida maşina rulida sudya bölgan, advokat ukam esa old yölovçi örindiği tomondan taşqariga otilib çiqib ketgan. Albatta, rulda kim bölganligi tergov jarayonida aniqlanadi. Biz haqiqat qaror topişi tarafdorimiz. Sababi, ukamning tört farzandi yetim qoldi”, deydi marhum advokatning opasi.

Advokat yaqinlarining qöşimça qilişiça, sud raisi Kamoliddin Murodov bölib ötgan voqealardan söng marhumning yaqinlaridan xabar olmagan, ta’ziya bildirib, uzr söramagan.
Kamoliddin Murodov YTHdan söng 2024 yil 11 mart kunidan 22 mart kuniga qadar “Yevro-Med” soğlomlaştiriş maskani travmatologiya bölimida davolanib çiqqan.
Avvalroq e’lon qilingan xabarda Sudyalar oliy kengaşi matbuot kotibi Tursunali Akbarov Kun.uz söroviga javoban mazkur voqelik şu yilning 9 mart (dam oliş kuni) kuni sodir bölganligini, u böyiça Kengaş tomonidan xizmat tekşiruvi ötkazilganligini, YTH kimning aybi bilan sodir etilgani, maşina boşqaruvida kim bölganiga tergov yöli bilan aniqlik kiritilişini bildirgandi.
Ötkazilgan xizmat tekşiruvi natijalari Surxondaryo viloyat sudlari sudyalari malaka hay’atida muhokama qilinib, jinoyat işlari böyiça Denov tuman sudi raisining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatiş töğrisida qaror qabul qilingandi. Mazkur qarorga nisbatan sud raisining Sudyalar oliy kengaşiga kiritgan şikoyati esa rad qilingan.

















