15 may kuni Toşkentda 31-Jahon matbuot erkinligi kuni munosabati bilan «Fuqarolarning ekologik huquqlarini tarğib qiliş va himoya qilişda ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlarning örni» mavzusida davra suhbati taşkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikerining birinçi örinbosari, Inson huquqlari böyiça milliy markaz direktori Akmal Saidov, YuNeSKOning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noşadi, BMT Inson huquqlari böyiça oliy komissari boşqarmasi Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy byurosining inson huquqlari böyiça xodimi Pavel Bialik, Şveytsariyaning Özbekistondagi elçixonasi diplomatik bölimi rahbari Aleksandr Şerer, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirining axborot siyosati böyiça maslahatçisi Lola Rahmonboyeva, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) boşqarma boşliği Marat Aitov, Aral Wetlands loyihasining 4-komponenti rahbari Murod Nasirov, ekologlar, OAV vakillari va boşqalar iştirok etdi.

Seminar davomida Özbekistondagi asosiy ekologik muammolar, bu muammolarni yoritişda yuzaga keladigan qiyinçiliklar, bu borada hukumatning fuqarolik jamiyati bilan yanada samarali hamkorlik qilişi kabi masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda nutq sözlagan Akmal Saidov prezident Şavkat Miziyoyev rahnamoligida ekologiya sohasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarni alohida ta’kidladi. Xususan, Butunjahon ekologik xartiyasi qabul qilinişi, «Yaşil makon» milliy loyihasi doirasida har yili 200 million tup daraxt köçati ekilişi, BMT Boş Assambleyasining Orolböyi mintaqasini «ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi» deb e’lon qiliş töğrisidagi rezolyutsiyasining qabul qilinişi va boşqa islohotlarni qayd etdi.

Şuningdek, 2023 yil iyul oyida qabul qilingan Özbekiston Konstitutsiyasining yangi moddalari ham alohida ta’kidlandi. Xususan, 49-moddada har bir fuqaroning qulay atrof-muhit va uning holati töğrisida işonçli ma’lumot oliş huquqi mustahkamlangan, 61-moddaga köra esa har bir fuqaro atrof-muhitni muhofaza qilişga majburdir. Yaşil iqtisodiyotga ötiş va atrof-muhitni muhofaza qiliş hukumatning ustuvor yönalişi deb e’lon qilingani alohida ta’kidlandi.

«Bugungi kunda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda suvni tejovçi va energosamarador texnologiyalarni tatbiq etiş, qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş, ekologik toza transportlar sonini oşiriş va yaşil maydonlarni köpaytiriş orqali «yaşil ösiş» tamoyillari integratsiyasi ustida iş olib bormoqda, — dedi Lola Rahmonboyeva. — Şu bilan birga, biz ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda ekologik muammolar muhokamasiga jamoatçilikni keng jalb qilyapmiz. Bu aholining ekologik bilimlarini va ularning atrof-muhit muhofazasi bilan boğliq muammolardan xabardorligini oşirişga xizmat qiladi».

  • Ekologiya vazirligi jamoatçilik bilan aloqalar uçun @ecogovuz_bot telegram-botini işga tuşirgan. Şuningdek, (71) 207-11-07, (71) 207-11-08, 1157 va 1207 raqamlari orqali boğlaniş mumkin.

Tadbirda nutq sözlagan AOKA vakili esa axborot asosiy vositaga aylangan bugungi davrda ommaviy axborot vositalarining roli har qaçongidan ham ortib borayotgani, jamoatçilik orasida ekologik mas’uliyat va daxldorlik hissini oşirişda aynan OAV asosiy vositaga aylanganini ta’kidladi.

Şuningdek, Özbekistonda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişlarini örganiş universiteti (Green University) taşkil etilgani, bu yerda «Ekologik jurnalistika» fakulteti faoliyat yuritayotgani ta’kidlandi.

Öz navbatida, Murod Nasirov ommaviy axborot vositalarida yoritiş va jamoatçilik muhokamasi uçun zarur bölgan asosiy ekologik masalalarni aytib ötdi. Bularga aholi sonining köpayişi tufayli çeklangan resurslar, sanoatning ösişi natijasida atrof-muhit ifloslanişi, biologik xilma-xillikni saqlaş kiradi.

Tadbir doirasida davlat organlari, xalqaro taşkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillarining muloqoti ham bölib ötdi.