Kun.uz'ga Farğona viloyati Buvayda tumanidagi maktablardan birida 17 may kuni yuz bergan voqea aks etgan video kelib tuşdi. Unda xorijiy tillarga ixtisoslaşgan davlat umumta’lim muassasasining 7-sinf öquvçisi dars vaqtida maktab direktori tomonidan kaltaklangani körinadi.

Video davomida dars vaqtida sinfga maktab direktori kirib kelgan va qora römol (vandamka)da ötirgan qizdan boş kiyimini yeçişini talab qilgan, ammo bu talabga böysunmagaç, direktor qizning oldiga borib, uni döpposlay ketgan.

Tahririyatga murojaat qilgan qizning otasi vaziyat yuzasidan çora körilişi kerakligini, öquvçi ayni vaqt maktabga çiqişni istamayotganini bildirdi.

Holat Farğona viloyati maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi tomonidan örganilayotgani ma’lum qilindi. Jarayon yakuniga yetgaç natijalari töğrisida qöşimça ma’lumotlar berilişi aytildi.