Prezident Şavkat Mirziyoyev maktab bitiruvçilariga murojaat qilib, maktab ta’limini tugatayotgani bilan tabrikladi.
«Bugun öz bilim va iste’dodi, kuç-ğayratini Yangi Özbekiston bunyodkori, jonajon yurtimizga munosib farzand bölişdek ezgu maqsadga baxş etişga bel boğlagan sizlar kabi navqiron yoşlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatayotganingiz bilan çin qalbimdan samimiy tabriklayman», deyiladi tabrik sözida.
Davlat rahbari yoşlarga yangi hayot ostonasida turişganini, bu yölda tinimsiz izlanib, yangi marralar sari talpiniş, dadillik va qat’iy işonç hissi doimo hamroh bölişi lozimligini ta’kidladi.
«Hamişa yodingizda tuting, har biringiz öziga xos iste’dod sohibisiz, ularni röyobga çiqariş esa avvalo özingizga, tinimsiz intiliş va izlanişlaringizga boğliq», dedi Mirziyoyev.
Prezident öqişni oltin va kumuş medal bilan tamomlayotgan öğil-qizlarni tilga olib, «bunday serğayrat va bilimdon farzandlarni millionlab öğil-qizlarga örnak qilib körsatsak arziydi», dedi.
Mirziyoyevning qayd qilişiça, Vatan kelajagi, uning taqdiri va taraqqiyoti bugun şinam sinfxona va auditoriyalarda qunt bilan ta’lim olayotgan yoşlarning qölida. Ular ertaga Özbekistonni yanada kuçli, rivojlangan va baxtli davlatga aylantiriş uçun bor bilimi, iqtidori va kuç-ğayratini safarbar qilsa, «közlagan maqsadlarimizga albatta erişamiz».
Davlat rahbari Özbekistondagi köplab zamonaviy oliygohlar, kasb-hunar maktablari va texnikumlar bitiruvçilarni öz bağriga çorlayotganini ta’kidladi. Bu maskanlarda ularning ta’limni davom ettirib, yanada çuqurroq bilim olişi uçun barça şart-şaroitlar yaratilganini ma’lum qildi.
«Sizlar jonajon Vatanimiz şonli tarixining bir qismi, öz madaniyati va an’analarini asrlar davomida asrab-avaylab kelayotgan buyuk xalqning dilbandlari, Yangi Özbekistonning umidi va tayançi hisoblanasiz. Yana bir bor ta’kidlab aytmoqçiman, davlatimizning ertangi taqdiri, uning ravnaqi va taraqqiyoti sizlarning qölingizda», deyiladi tabrik sözida.
Prezident yoşlarni heç qaçon orzu qilişdan töxtamaslikka, katta maqsadlar yölida imkoniyatlarni sinab körişdan, bu yölda xato qiliş va ulardan saboq olişdan qörqmaslikka çaqirdi. «Çunki xalqimiz sizlarga katta umid va işonç bilan qaramoqda».
«Heç şubhasiz, hayotda yuksak natijalarga erişiş uçun tinimsiz harakat, şijoat va jasorat talab etiladi. Sizlarning çuqur bilim oliş, zamonaviy kasb-hunarlarni örganiş orqali Vatanimizga munosib farzandlar bölib yetişişingiz va uning taqdiri uçun mas’uliyatni zimmangizga olişingizga işonaman. Bu şarafli yölda barçangizga baxt va omad doimo yor bölişini tilayman», deyiladi tabrik sözi yakunida.

















