25 may kuni 3 milliondan ortiq öquvçi, ota-onalar, mahalla faollari, keksalar va boşqa jamoatçilik vakillari iştirokida «Ilm-saodat kaliti!» şiori ostida «Sönggi qönğiroq» tadbirlari ötkazildi.

Qayd qilinişiça, tadbirda namunali xulqli va a’lo baholarga öqigan iqtidorli öquvçilar rağbatlantirildi. Şuningdek, «Eng faol ota», «Jonkuyar ona», «Mas’uliyatli ota-ona» kabi nominatsiyalar böyiça ota-onalar taqdirlandi.

Ma’lumotga köra, 2023-2024 öquv yilida umumiy örta ta’lim maktablarini 12620 nafar öquvçi oltin, 2158 nafari kumuş medal bilan tamomladi. 25 ming 259 nafar öquvçiga a’lo darajali şahodatnoma berildi.