Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida yerni va yer osti boyliklarini asrab qolişga hamda muhofaza qilişga qaratilgan qonun loyihasi körib çiqildi. 

Qonunçilik palatasi xabariga köra, mazkur qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlarni noqonuniy qazib olinişiga çek qöyiş, mazkur toifadagi qilmişlar uçun javobgarlikni kuçaytirişni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritiş taklif etilmoqda. 

Jumladan, foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz, şuningdek oltin qazuvçilar usulida qazib olinişiga çek qöyiş va uşbu harakatlar uçun javobgarlikni kuçaytiriş maqsadida Jinoyat kodeksi yangi moddalar bilan töldiriladi. Foydali qazilmalarni ruxsatsiz qazib oliş uçun ma’muriy javobgarlikka tortilganidan söng bir yil içida takroran sodir etiş jinoiy qilmiş deb baholanişi, foydali qazilmalarni oltin izlovçilar usulida ruxsatsiz qazib oliş uçun töğridan töğri jinoiy javobgarlik belgilanmoqda. 

Şuningdek, mazkur yangi normalardan kelib çiqqan holda uşbu jinoyatlarning dastlabki tergov va suriştiruv organlari tomonidan tergov qiliş vakolati içki işlar organlari tergov bölinmalariga berilmoqda. 

Majlisda qonun loyihasi uçinçi öqişda qabul qilindi.