Çobahor – Eronning yagona okean porti hisoblanib, dunyoning 10 ta mega portlari darajasiga çiqiş potensialiga ega. Lekin bu obekt uzoq yillar davomida sanksiyalar ostida bölgan. Orada ma’lum muddat Afğonistondagi eski rejim – prezident Aşraf Ğani boşqaruvi davrida Kobulga imkoniyatlar yaratiş maqsadi bilan portdan sanksiyalar olib taşlangan.

Çobahor “şimol-janub” koridorining muhim porti sanaladi va obektni ommalaştiriş, xalqaro darajaga olib çiqiş taşabbuslari Eron şohi davriga borib taqaladi. Ammo hali-hanuz strategik ahamiyatga ega port çeklovlardan töla xalos bölolmayapti. Uzoq yillik muzokaralardan söng Hindiston va Eron kelişuvga erişdi. Port boşqaruvi 10 yil muddatga Hindistonga berilmoqda.

Xöş, nega Hindiston bu port ommalaşuvi uçun bu qadar harakat qilyapti?

Dehlining ambitsiyalari siyosiy, geosiyosiy va iqtisodiy, deyişimiz mumkin. Avvalo, mintaqada Hindiston uçun eng katta raqobatçi Xitoy ekan, Dehli alternativ yöllarni izlaşi tabiiy. Bundan taşqari, Pokistondagi ikki muhim portlar – Gvadar va Karaçi, asosan, Xitoy tovarlari eksportiga xizmat qilib kelmoqda. Ikki davlat bilan ham sovuq aloqalariga ega Hindiston uçun “çiqiş yöli” Eronning Çobahori bölmoqda.

Bundan taşqari, Afğonistonda hokimiyatga kelgan “Tolibon”ning Pokiston bilan munosabatlarini juda yaxşi deb bölmaydi. Xususan, Pokistondagi portlar afğon tovarlari eksporti çunki bugungi kunda yagona imkon ekani inobatga olinsa, Islomobodning injiqligi – tabiiy. Şunday vaziyatda Pokistonni aylanib ötuvçi koridor “Tolibon” manfaatlariga ham javob beradi. Holatdan xabardor Hindiston portni ommalaştiriş işlariga “Tolibon”ni ham safarbar qiliş harakatida. Masalan, joriy yilning martida uçraşgan ikki davlat taşqi işlar böyiça amaldorlari Çobahor masalasida kengaşgan. Toliblar 35 mln dollar sarmoya kiritişi ma’lum qilingan.

Siyosatşunos olima Nargiza Umarovaga köra, Gvadar va Çobahor – bir-biridan uzoq bölmagan va özaro raqobatdagi ikki port hisoblanadi. Çunki ikkala obekt ortida Xitoy va Hindistondek gigantlar manfaatlari yotibdi. Hindistonning Çobahorga köz tikişi esa Pekinni asabiylaştiradi. Ayni vaziyatda Xitoy Islomobod vositaçiligida masalaga aralaşişi mumkin.

Siyosatşunos Farhod Karimov fikriça esa, asosiy nuqta – ğarb va AQŞ pozitsiyasiga borib taqaladi. Hattoki, Vaşington Hindistonning rejasini puxta muhokama qilib, Eronga e’lon qilgan sanksiyalarini yumşatişi ham mumkin. Çunki Hindiston AQŞ uçun asosiy raqobatçisi Xitoyga qarşi turişda mintaqadagi asosiy davlat bölib qolmoqda.