Nurobod tumanida ikki nafar bolaning ölimi bilan yakun topgan yöl-transport hodisasi sodir böldi.
2024 yil 4 iyun kuni soat 16:30 larda Nurobod tumani Mehnatkaş mahallasi hududidan ötuvçi “Samarqand-Ğuzor” A-378 avtomobil yölining 35-kilometrida YTH qayd etilgan.
Haydovçi, 1999 yilda tuğilgan P.Yo. özining boşqaruvida bölgan “KamAZ-53212” rusumli yuk avtomaşinasida harakatlanib borişi davomida, piyodalar ötiş yölakçasidan ötayotgan J.F. va uning 2 nafar voyaga yetmagan farzandlarini urib yuborib, yöl-transport hodisasini sodir qilgan.
Oqibatda 2 nafar voyaga yetmagan bola olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Ularning onasi Samarqand tumani markaziy şifoxonasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan şu kuni Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, haydovçi jinoyat işida gumon qilinuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilinib, himoya huquqi bilan ta’minlanib, JPKning 227-moddasi tartibida uşlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

















