“Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida”gi qonun ijrosini samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Boş vazir raisligidagi qonuni ijrosini taşkil etiş işlarini muvofiqlaştiriş böyiça respublika idoralararo komissiyasi taşkil etildi. Idoralararo komissiyaga 2024 yil 1 iyulga qadar qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va taşkilotlarining aniq röyxati şakllantirilişini ta’minlaş vazifasi yuklatildi.
Hujjat bilan tasdiqlangan “Yöl xaritasi”ga muvofiq, davlat fuqarolik xizmatini taşkil etiş tizimi yölga qöyiladi, şu jumladan, davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan davlat organlari va taşkilotlari röyxati hamda Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri belgilanadi.
Şuningdek, Adliya vazirligi joriy yil avgustiga qadar tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanib kelayotgan şaxs davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilingandan söng tadbirkorlik faoliyatini töxtatib turiş tartibini belgilovçi hujjat loyihasini Hukumatga kiritadi.
Qarorda davlat organlari va taşkilotlarida manfaatlar töqnaşuvi holatlarini aniqlaş uçun şaroit yaratiş maqsadida 2024 yil yakuniga qadar «E-anticor.uz» elektron platformasida manfaatlar töqnaşuvi bilan boğliq holatlarni aniqlaş va onlayn monitoring qiliş imkonini beruvçi elektron modul işga tuşirilişi ham belgilangan.
Ma’lumot uçun, qonunning 15-moddasida davlat organining yoki boşqa taşkilotning xodimi yaqin qarindoşlari bevosita xodimning böysunuvidagi işga qabul qilingan bölsa yoki xodimning işiga fuqarolik-huquqiy şartnoma asosida öziga aloqador şaxslar jalb etilgan bölsa bir iş kuni içida mavjud manfaatlar töqnaşuvi haqidagi belgilangan şakldagi xabarnomani töldirişi va özining bevosita rahbariga yoki maxsus bölinmaga taqdim etişi şartligi belgilangan. Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvçi lavozimga işga qabul qilingan hollar bundan mustasno hisoblanadi.
Avvalroq manfaatlar töqnaşuvini aniqlaşda yordam bergan şaxslar mukofotlanişi hamda manfaatlar töqnaşuvi haqida xabar bermaganlik uçun jazo belgilangani

















