Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişga tayyorlanmoqda: monopolistlar ayrim imtiyozlaridan mahrum böladi. Jizzaxda AES qurilişi kamida 8 yil davom etadi: özbekistonliklar buning uçun Rossiyaga qança tölaşi maxfiylaştirildi. “Demokratiya va inson huquqlarini tarğib qilganlar Ğazodagi vahşiyliklarga köz yummoqda”: Şavkat Mirziyoyev Ğarbning ikkiyoqlama standartlarini tanqid qildi.
Ortda qolayotgan haftaning Özbekistonga oid eng muhim xabarlari – Kun.uz dayjestida.
JSTga a’zolik jarayoni: muhim amaliy qadam taşlandi
Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş yölida navbatdagi qadamni taşladi. Duşanba kuni imzolangan prezident farmoni bilan, bir neçta monopol kompaniyalarning alohida huquqlari va bir qator imtiyozlar bekor qilinadigan böldi. Ular orasida elektrotexnika sanoati va avtosanoatga berilgan ayrim imtiyozlar ham bor.
Xususan, 2026 yil 1 iyuldan boşlab, Özbekistonda işlab çiqarilgan elektrotexnika mahsulotlari böyiça davlat xaridlaridagi 20 foizgaça narx preferensiyasi qisman bekor qilinadi. 2025 yil 1 yanvardan esa eksportni qöllab-quvvatlaş uçun berilayotgan subsidiya va preferensiyalardan voz keçiladi. Şu sanadan boşlab eksportçilarga transport xarajatlarini qisman qoplab berişga oid imtiyozlar ham tugatilişi kerak. Bu imtiyozning bekor qilinişi davlatni yiliga 40 mln dollarlik xarajatlardan xalos qiladi – eksportçilarning transport xarajatlarini qoplab beriş uçun 2024 yilda aynan şunça mablağ ajratiş reja qilingan. Bu pullarning katta qismi esa avtosanoat korxonalari hisobiga borib tuşadi. Şu bilan birga, ayrim imtiyozlar bekor qilinayotgani bilan, eksportçilarni qöllab-quvvatlaş butkul töxtab qolmaydi: farmonga asosan, bu yönalişda JST qoidalari bilan taqiqlanmagan qöllab-quvvatlaş çoralar körilişi belgilab qöyilgan.
Hujjatga binoan, 2025 yil 1 yanvardan e’tiboran, samarasi past deb topilgan soliq va bojxona imtiyozlari ham bekor qilinişi kutilyapti. Şuningdek, şu sanadan boşlab “Özmetkombinat”, “Özikkilamçiranglimetall”, “Özkimyoimpeks”, “Öztreyd” va “Özbektelekom” kompaniyalariga berilgan ayrim eksklyuziv huquqlar tugatiladi. Jumladan, kelasi yildan boşlab internet provayderlarga ma’lum talablarni bajargan holda, taşqi internet kanallariga özlari mustaqil ulanişiga ruxsat beriladi. Eslatib ötamiz, “Öztelekom”ning bu sohadagi monopoliyasiga barham berilişi haqida 2018 yildan beri köp marta gapirilgan, lekin amalda özgariş bölmay kelayotgan edi.
Ekslyuziv huquqlaridan mahrum böladigan kompaniyalar orasida “Özgaztreyd” va “Özenergosotiş” aksiyadorlik jamiyatlari ham bor. 2026 yil 1 iyuldan boşlab ularning markazlaşgan tartibda tabiiy gaz va elektr energiyasi importi va eksportini amalga oşiriş böyiça alohida huquqlari bekor qilinadi, ya’ni yuridik şaxslar litsenziya olgan holda elektr energiyasi va tabiiy gazning taşqi savdosi bilan şuğullanişi mumkin böladi. Energetika sohasida, şuningdek, mahsulot taqsimotiga oid barça bitimlar va investitsiya şartnomalarini 2 oy içida xatlovdan ötkaziş belgilandi. Xatlov natijalari böyiça aniq takliflar işlab çiqilişi közda tutilgan. Eslatib ötamiz, ayniqsa tabiiy gaz böyiça tuzilgan ayrim bitimlarda milliy manfaatlar inobatga olinmaganini avvalroq davlat rahbari ham tanqid qilgan edi.
Farmondagi muhim yangiliklardan yana biri quriliş sohasiga oid. Unga köra, 2025 yil 1 yanvardan boşlab, quriliş obektining loyihasi hali tasdiqlanmagan bölsa, bu qurilişga budjet mablağlari, davlat banklarining va davlat korxonalarining mablağlarini sarflaş taqiqlandi. Bu – loyihalaş işlari quriliş-montaj işlari bilan parallel ravişda olib boriladigan qurilişlarga ham taalluqli. Sir emaski, davlat pullari hisobidan böladigan qurilişlarda agar loyiha-smeta hujjatlari oldindan tasdiqlab olinmagan bölsa, quriliş jarayonida loyiha qiymati sezilarli qimmatlaşib ketişi odatiy holga aylangan. Endilikda, 1 yanvardan boşlab bunday holatlarga çek qöyilişi kerak.
3 iyun kungi prezident farmoni JST boş direktori Ngozi Okonjo-Ivealaning Toşkentga taşrifi arafasida imzolandi. Şavkat Mirziyoyev JST rahbari bilan uçraşuvda Özbekiston tez fursatda taşkilotga a’zo bölişi muhimligini ta’kidladi. Eslatib ötamiz, avvalroq hukumat 2026 yilgaça Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölib kirmoqçi ekanini e’lon qilgandi. Hozirça bu borada muzokara ötkaziş istagini bildirgan 11 ta davlat bilan kelişuvga erişilgan, yana 20 dan ortiq davlat bilan muzokaralar davom etyapti.
AESning narxi – maxfiy
Özbekiston hukumati Jizzaxda quriladigan atom elektr stansiyasi loyihasining moliyaviy tafsilotlarini maxfiy ma’lumot deb e’lon qildi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining Spot naşriga ma’lum qilişiça, stansiya neça pulga qurilişi haqidagi ma’lumot maxfiy hisoblanadi va oşkor qilinmaydi. Ta’kidlaş kerak, rasmiylar ötgan yili Rossiya bilan tuzilgan gaz şartnomasi haqida ham xuddi şunday gapni aytişgandi.
“ÖzAtom” agentligiga köra, kiçik AES avvalroq katta AESni quriş reja qilingan joyda – Foriş tumani hududida, Tuzkon köli yaqinida quriladi. 6 ta reaktorning birinçisini işga tuşiriş 5 yildan keyinga reja qilingan. Birinçi reaktor işga tuşgaç, keyingi 5 tasini har 6 oyda navbatma-navbat işga tuşiriş közda tutilgan. Stansiyani töliq quvvatda işlata boşlaş esa kamida 2032 yil yoki undan keyinga belgilangan.
Şu tariqa, 330 MW quvvatlik AESning töliq işga tuşişi uçun kamida 8 yil vaqt kerak böladi. Taqqoslaş uçun, Özbekistonda 500 MW quvvatli quyoş elektr stansiyalarini qurib işga tuşiriş uçun uzoği 3 yil muddat yetarli bölyapti.
“Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temiryöli böyiça bitim imzolandi
Energetika sohasida Rossiyaga boğliqligi borgan sari kuçayayotgan Özbekiston, ayni paytda transport koridorlari masalasida Rossiyaga boğliqlik muammosini hal qilişga intilyapti. Şu maqsadda şarqiy, janubiy va ğarbiy yönalişlarda turli koridorlar taşkil etilyapti va yangi loyihalar ustida işlanmoqda. Şu hafta bu boradagi eng katta strategik loyihalardan biriga huquqiy poydevor qöyildi.
6 iyun kuni Pekinda Xitoy, Qirğiziston va Özbekiston örtasida temiryöl qurilişi böyiça hukumatlararo bitim imzolandi. Tarixiy bitimga Özbekiston nomidan imzo qöygan transport vaziri Ilhom Mahkamovning sözlariga köra, bu hujjat bilan uçta davlat birgalikda loyihaning barça texnik detallarini işlab çiqişni yakunlaş, loyihani amalga oşirişning aniq muddatlari va bosqiçlarini belgilab oliş, qisqa vaqt içida qöşma korxona taşkil etiş va konsessiya bitimini imzolaşga kelişib olgan.
Kelişuvga köra, temiryöl Qaşğar – Toruğart – Makmal – Jalolobod – Andijon yönalişi böylab ötadi. Quriliş işlari şu yil oktyabrda boşlanişi kutilyapti. Ungaça loyihaning moliyaviy masalalari tasdiqlanişi kerak. Quriliş işlarining asosiy qismi Qirğiziston va Xitoy hududiga töğri keladi. Loyiha yakuniga yetgaç, 2030 yilda bu koridor böylab 8 mln tonna, 2040 yilgaça yiliga 10 mln tonna, 2050 yilga borib esa 13,5 mln tonna yuk taşilişi közda tutilgan.
S&P: Özbekistondagi kompaniyalarning davlat kafolatisiz olingan qarzlari davlat zimmasiga tuşib qolişi mumkin
Özbekistonda davlat tomonidan olinmagan va qaytarilişiga davlat heç qanaqa kafolat bermagan ayrim qarzlar ham oxir-oqibat davlatning zimmasiga qolib ketişi mumkin. Bunday xavf borligi haqida S&P xalqaro reyting agentligi öz hisobotida ma’lum qildi. Agentlik Özbekistonning suveren kredit reytingini “BB-” (barqaror kutilma) darajasida saqlab qolgan va şu munosabat bilan e’lon qilgan hisobotida Özbekiston iqtisodiyotining hozirgi holatiga batafsil töxtalib ötgan.
Xorijiy ekspertlarga köra, Özbekistonda davlat iştirokidagi va davlat xususiy şerikligidagi korxonalarga tegişli, davlat tomonidan kafolat berilmagan qarzlarning jami miqdori YaIMning 8 foiziga yetib qolgan. Va bu qarzlarning bir qismi hukumat balansidagi majburiyatga aylanişi xatari bor. “Ayrim loyihalar kutilganidan köra muvaffaqiyatsizroq amalga oşsa yoki boşqaruv yo nazoratda muammolar paydo bölsa, bu qarzlarni söndirişda qiyinçiliklarga duç kelişlari mumkin”, deyiladi hisobotda.
S&P tahlilçilarining e’tibor qaratişiça, hukumatning likvid aktivlari hajmi 2017 yilda YaIMning 37 foizini taşkil etgan bölsa, 2023 yilga kelib bu körsatkiç 13 foizgaça qisqarib ketgan. Xususan, Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasining 17 mlrd dollarlik aktivlaridan 10 mlrd dollarlik qismini ekspertlar nolikvid aktiv deb baholagan. Ya’ni jamğarmaning davlatga qaraşli kompaniyalar va banklarga kiritgan milliardlab dollarlik mablağlarini zarurat paydo bölişi bilanoq tezda pul şakliga ötkaziş qiyin. Tahlilçilar, şuningdek, mamlakatning suveren fondi maqomidagi Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasining taşqi aktivlari ham oxirgi 4 yilda budjet maqsadlarida işlatila boşlaganiga alohida e’tibor qaratgan.
Ğazodagi uruş: Şavkat Mirziyoyev Ğarbdagi ikkiyoqlama standartlarni tanqid qildi
Özbekiston Ğazoda öt oçişni töxtatiş böyiça AQŞ prezidenti Jo Bayden e’lon qilgan rejani olqişladi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, Özbekiston barça tomonlarni xalqaro huquqni hurmat qilişga, zöravonliklarning oldini olişga va tinç aholi orasida qurbonlar sonining yanada köpayişiga yöl qöymaslikka çaqiradi.
Rasmiy Toşkent otaşkesim böyiça AQŞning taşabbusini qöllasa-da, uruşga umumiy munosabat borasida Vaşington va u boşçiligidagi Ğarb davlatlari bilan hamfikr emas. Bu masalaga Şavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan Anqarada bölib ötgan muzokaralardan keyin bergan bayonotida e’tibor qaratdi. Özbekiston prezidenti Ğarb davlatlarining fojiaga bölgan munosabati qattiq xavotirga solayotgani, amalda ikkiyoqlama standartlar kuzatilayotganini aytdi.
“Demokratiya va inson huquqlarini keng tarğib qilgan va ularning himoyasida turgan yetakçi, rivojlangan davlatlar bu qotilliklarga, bu vahşiyliklarga köz yummoqda. Zöravonlikni töliq töxtatiş va tinçlik jarayonini boşlaş kerak. Barqaror va uzoq muddatli tinçlikka erişiş uçun, albatta, mustaqil va ozod Falastin davlati taşkil etilişi şart”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Mirziyoyevning Anqaraga taşrifi vaqtida ikki davlat örtasida 20 ta hujjat imzolandi, özaro savdoni 5 mlrd dollarga yetkazişga kelişildi, 10 mlrd dollarlik yangi loyihalar portfeli şakllantirildi. Prezidentlar Özbekiston–Turkiya strategik hamkorlik kengaşining uçinçi yiğilişi va ikki mamlakat işbilarmonlar kengaşining birinçi yiğilişida qatnaşdi. Bundan taşqari, mezbonlar Şavkat Mirziyoyevni Turkiya aerokosmik kompaniyasiga taklif qilib, u yerda turk mudofaa sanoati, xususan zamonaviy dronlar va boşqa texnikalar taqdimoti bilan taniştirdi. Rasmiy xabarga köra, şundan keyin bölib ötgan Mirziyoyev va Erdöğanning tor doiradagi muzokaralarida xavfsizlik va mudofaa sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaş haqida ham söz borgan. Taşrif yakunida Erdöğan özbekistonlik hamkasbini oliy davlat mukofoti – Turkiya Respublikasining nişoni bilan taqdirladi.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Özbekiston prezidenti uzoq kutilgan “Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida”gi qonunni imzoladi. Qonun bilan, davlat organlari va davlat kompaniyalarida qarindoş-uruğçilik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça huquqiy mexanizmlar mustahkamlandi. Yaqin qarindoşlar davlat işida bir-birining böysunuvida işlaşi böyiça çeklovlar va manfaatlar töqnaşuvi böyiça qonunçilikni buzganlik uçun jazo çoralari kiritildi. Manfaatlar töqnaşuvi holatlarini oçişda yordam bergan şaxslarga undirilgan jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi.
Törtta hududda 5 nafar soliqçi pora bilan uşlandi. Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura departamenti tomonidan Toşkent şahri, Qaşqadaryo va Buxoro viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda soliq inspektorlari 600 dollardan 2300 dollargaça bölgan miqdorlardagi pora bilan qölga olingan. Yana bir holatda Toşkent viloyati Yuqori Çirçiq tumani soliq inspeksiyasining sobiq amaldori 5 ming dollar bilan uşlangan. Şuningdek, Surxondaryo viloyatining Jarqörğon tumanida qotilga yordam berib, jinoyatni yaşirgan ikki nafar profilaktika inspektori 5 yil va 6,5 yil muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi.
Özbekistondagi xonadonlarning uçdan bir qismida tabiiy gaz yöq. Buni boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorov parlamentdagi çiqişida aytib ötdi. Majlisda deputat Doniyor Ğaniyev elektr energiyasi böyiça hamma uçun bir xil – 200 kilovatt-soatlik ijtimoiy normani belgilaşda gazlaştirilmagan hududlar masalasi inobatga olinmagani haqida söradi. Boş vazir örinbosari bunga javoban xonadonlarning uçdan bir qismida tabiiy gaz yöqligini tan olib, bu masala böyiça şuğullana boşlaşini aytdi.
Toşkentda sobiq MXX binosi atrofidagi 53 tup köp yillik daraxtlar noqonuniy ravişda köçirib ketilgani böyiça nihoyat jinoyat işi oçildi. Boş prokuratura xabariga köra, daraxtlarni noqonuniy köçirgan kompaniya va bunga şaroit yaratib berganlar tergovga jalb etilgan. Bu örinda, göyoki hamma daraxtlar olib ketilişini kutib turgandek, jinoyat işi jamoatçilik bong urganidan naq 12 kun ötib oçilgani e’tiborli. Ehtimolki, prokuraturaning holatga öz vaqtida aralaşuvi önlab daraxtlarni öz joyida saqlab qolişga imkon bergan bölardi.
Muallif – Komron Çegaboyev
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova







