Özbekistonda 2023 yilda Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan 126 nafar şaxs sudlanib, ularning 84 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi, 42 nafariga esa ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar (şartli va ozodlikni çeklaş) tayinlangan. 

Oliy sud xabariga köra, sudlanganlarning 111 nafari ayol, 15 nafari esa erkak. Uşbu jinoyat oqibatida 242 nafar şaxs jabrlangan bölib, şulardan 151 nafarini ayollar hamda 24 nafarini 3 yoşgaça bölgan çaqaloqlar taşkil qilgan.

2024 yilning yanvar-may oylarida Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan 69 nafar şaxs sudlanib, ularning 52 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi, 17 nafariga esa ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar (jarima, şartli va ozodlikni çeklaş) tayinlandi.

Sudlanganlarning 53 nafari ayol, 16 nafari esa erkak. Uşbu jinoyat oqibatida 86 nafar şaxs jabrlangan bölib, şulardan 63 nafarini ayollar hamda 14 nafarini 3 yoşgaça bölgan çaqaloqlar taşkil etdi.