Tojikistonning Varzob tumanida militsiya sehrgarlik yöli bilan firibgarlikda gumon qilinayotgan ikki nafar özbekistonlik ayolni qölga oldi.
Tojikiston Içki işlar vazirligi 30 yoşli Zulola Sayfulloyeva va 32 yoşli Yulduz Berdiyeva Varzob tumanida yaşovçi uç ayolning arizasi asosida qölga olingani haqida xabar berdi.
Içki işlar vazirligining qayd etişiça, ular tuman aholisining pullari va qimmatbaho buyumlarini firibgarlik yöli bilan egallab olgan.
Videoxabarda aytilişiça, bu ikki ayol ilk bor 2023 yilda Varzob tumaniga borib, 57 yoşli mahalliy fuqaroni aldagan. Jumladan, unga «uyida qon hidi borligini» va agar pul tölamasa, «öğli bir hafta içida ölib ketişini» aytişgan. Ayol sözlariga köra, ular 23 ming somoniy (≈27,2 mln söm), 2 ta telefon va uzuk bilan sirğalarni olib ketişgan.
Qayd qilinişiça, sönggi bir oy içida Tojikiston Içki işlar vazirligi mamlakatning turli şahar va viloyatlarida 50 dan ortiq odamni sehrgarlik bilan şuğullanganlikda ayblab, hibsga olgan.
Avvalroq, Tojikistonda jodugarlik va sehrgarlik bilan şuğullanuvçilarga qarşi kuraş doirasida bunday şaxslar uçun majburiy mehnatni joriy etiş töğrisida qaror qabul qilingan edi. Unga köra, sehrgarlar, folbinlar, tabiblar, şuningdek, qonunga xilof ravişda diniy ta’lim bergan şaxslar 6 oygaça bölgan muddatga majburiy mehnatga tortilişi mumkin.
Ayni paytda mamlakat qonunçiligida jodugarlik va folbinlik bilan şuğullanganlik uçun hisob körsatkiçining 40 dan 50 baravarigaça miqdorda jarima nazarda tutilgan (Hisob körsatkiçi hozir 72 somoniyga teng (≈85,4 ming söm).
Bir yil davomida qoidabuzarlik takrorlangan taqdirda jarima miqdori hisob körsatkiçining 60-100 baravarigaça oşirilişi mumkin.

















