Yevropa çempionati: öyinlar qayerlarda bölib ötadi va asosiy sanalar

Bu safargi Yevropa çempionati 2024 yil 14 iyunidan 14 iyuliga qadar bölib ötadi. Yevro-2024 öyinlariga Germaniyaning ön şahri mezbonlik qiladi: Berlin, Hamburg, Gelzenkirhen, Dortmund, Dyusseldorf, Kyoln, Leypsig, Myunxen, Frankfurt va Ştutgart.

Öyinlar uşbu şaharlardagi önta stadionda taşkillaştiriladi: «Olimpiaştadion», «BVB-Ştadion», «Dyusseldorf Arena», «Frankfurt Arena», «Arena AufŞalke», «Folksparkştadion», «Kyoln Ştadion», «Leypsig Ştadium», «Alyans Arena», «Ştutgart Arena».

Yevro-2024 guruh bosqiçi 26 iyunga qadar davom etadi. Pley-off uçraşuvlari 28 iyun kuni, 1/8 final bosqiçidan boşlanadi. Çorak final öyinlari 5 va 6 iyul, yarimfinallar — 9 va 10 iyul kunlariga belgilangan. Final 14 iyul kuni Berlindagi «Olimpiaştadion» arenasida ötkaziladi.

A guruhi jamoalari

Yevro-2024 A guruhidan Germaniya, Şotlandiya, Vengriya va Şveytsariya örin olgan.

Yulian Nagelsman boşqaruvidagi nemislar jamoasi turnir mezboni sifatida Yevropa çempionati saralaş bosqiçidan ozod etilgandi. Yevro-2020 da Germaniya 1/8 finalda Angliyadan mağlub bölgandi (0:2).

Şotlandiya Stiv Klark boşçiligida Yevro-2024 saralaşida A guruhida 17 oçko töplab, Ispaniyadan keyingi 2-örin bilan final bosqiçiga çiqqandi. Oldingi Yevropa çempionatida şotlandlar D guruhida bir oçko bilan oxirgi örinda qolib, pley-offga çiqa olmagandi.

Marko Rossi boş murabbiy bölgan Vengriya milliy jamoasi Yevro-2024 saralaşida G guruhida 18 oçko bilan birinçi bölgan. Yevropa-2020 çempionatida vengrlar F guruhida ikki oçko bilan oxirgi örinda qolgan va pley-offga çiqa olmagandi.

Murat Yaqin boş murabbiyligidagi Şveytsariya bu safargi turnirga I guruhida 17 oçko töplab, ikkinçi örin bilan keldi. 2020 yilgi Yevropa çempionatida şveysariyaliklar 1/4 finalgaça yetib kelişgan va penaltilar seriyasida Ispaniyadan mağlub bölişgan (1:1, penalti — 1:3).

Germaniya milliy jamoasining Yevro-2024 uçun tarkibi

Darvozabonlar: Oliver Bauman («Hoffenhaym»), Manuel Noyyer («Bavariya»), Mark-Andre ter Ştegen («Barselona»).