Özbekiston tomonining tergov va sud materiallariga köra, Hindistonning «Marion Biotech» kompaniyasi işlab çiqargan «Dok-1 Maks» yötal siropini içiş oqibatida Özbekistonda kamida 68 nafar bola vafot etgan va 16 nafari nogiron bölib qolgan.

Tekşiruvlar işlab çiqaruvçining «Dok-1 Maks» va «Ambronol» siroplari tarkibida propilenglikol örniga yoki u bilan birga diyetilenglikol (DEG) va etilenglikol (EG) zaharli moddalari borligini körsatdi.

Şundan keyin, Hindiston politsiyasi mazkur farmatsevtika kompaniyasining işlab çiqariş böyiça direktori va ikki nafar kimyogarini hibsga oldi. Qolgan ikki direktor «mamlakatdan taşqarida ekani va Hindistonga qaytişi bilanoq qamoqqa olinişi» ma’lum qilindi.

Holat yuzasidan «Marion Biotech Private Limited» (işlab çiqaruvçi) va «Maya Chemtech India Pvt.» (işlab çiqaruvçiga dorining tarkibiy qismini yetkazib bergan ta’minotçi) rahbarlari va boşqalarga nisbatan Hindistonning «Dori vositalari va kosmetika töğrisida»gi qonuni 17(a) va 17(b) moddalariga asosan inson xayotiga xavfli va jiddiy zarar yetkazişi mumkin bölgan sifatsiz, soxta va qalbaki deb topilgan dori vositalarini işlab çiqariş va sotiş böyiça ayblov e’lon qilingan.

OAVda tarqalgan ma’lumotlarga aniqlik kiritiş maqsadida 2023 yil mart oyida Özbekiston tergov organlari Taşqi işlar vazirligi orqali Hindiston hukumatiga tegişli sörovnoma yuborgan. Ammo 2024 yil mart oyi holatiga, yuqoridagi sörovnomaga heç qanday javob qaytarilmagan.

Kun.uz mazkur jinoyat işi böyiça batafsil ma’lumot oliş maqsadida Hindistonning Özbekistondagi elçixonasida böldi va elçining siyosiy masalalar böyiça maslahatçisi Arif Said bilan suhbatlaşdi. 

Arif Saidning suhbat avvalidagi tuşuntirişi: Sizlarda e’lon qilingan maqolada keltirilgan ayrim ma’lumotlar biz uçun ham yangilik böldi. Şu masala böyiça Özbekiston va Hindiston hukumati bilan özaro aloqani tiklaş uçun boğlandik. Suriştiruv natijalari bilan tanişiş uçun Özbekiston hukumati bilan doimiy aloqada bölyapmiz. Bu masalaga boşidan jiddiy qaraganmiz. Çunki dunyo böylab odamlarda Hindiston xalqaro standartdan past darajadagi dorilarni yetkazib beradi, degan tasavvur qolib ketişini istamaymiz.

Elçixona «Marion Biotech» kompaniyasiga nisbatan juda ham jiddiy çora-tadbirlar körilyapti, deb öylagan. Özbek mediasida sud jarayoniga oid ma’lumotlar çop etila boşlagaç, unday bölmaganini bildik. Şundan söng, Hindistondan katta delegatsiya kelişini talab qildik. Uning tarkibida Soğliqni saqlaş vazirligi, Farmatsevtika vazirligi va boşqa tegişli taşkilotlardan vakillar böladi. Mazkur delagatsiya iyul oyi oxirgi haftasida kelişi rejalaştirilgan. Barça masalalarga ular tuşuntiriş beradi.